Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


ijtimoiy fikr, o’sha davrdagi falsafiy ta’limotlar va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
True

ijtimoiy fikr, o’sha davrdagi falsafiy ta’limotlar va 
mutafakkirlarning g’oyalari ham muhim manba vazifasini o’taganligini 
ta’kidlab o’tish maqsadga muvoffiqdir. 
Rim davlatining inqirozi natijasida, odamlarning jaholat girdobiga botib 
qolgan jamiyatga va ertangi kunga ishonchi yo’qolgan. Rasmiy din odamlar orasida 
tabora o’z mavqeini yuqotib borgan. Odamlar orasida qismatga, taqdiri azalga 
ishonish keng yoyilgan. Ilohiy haloskor to’g’risidagi g’oya paydo bo’lgan. 
Qismatga, taqdiri azalga ishonish o’sha davrdagi falsafiy maktablar ta’limotida va 
mutafakkirlarning qarashlarida ham dolzarb mavzuga aylangan. 
Milodiy I asrda Qadimgi Rimda keng yoyilgan 
stoiklar 
(grekcha 
stoa — 
bino 
oldidagi ustunli uzun ayvon degan ma’noni anglatadi, maktab asoschisi Zenon 
yashagai Afina shahri ibodatxonasi tarhidan olingan atama) falsafiy maktabning 
22
Свенцицкая И.С. Раннее христианство: страницы истории. М., 1988. - С. 68-69. 


48
ta’limoti diqqatga sazovordir. Stoiklar talqinida dunyo bir butun, yaxlit voqelik 
bo’lib, undagi voqea va hodisalar umumiy tartibga bo’ysunadi. Dunyoning birligi uni 
vujudga keltirgan va boshqarib turadigan ilohiy Logos (xudo) faoliyatining 
natijasidir. Ilohiy Logos borliqdagi jarayonlarni boshqarish bilan birga uning, shu 
jumladan odamlarning ham taqdirini oldindan belgilaydi. 
Stoiklarning taqdiri azal to’g’risidagi ta’limoti 
Senekaning
qarashlarida ham 
mukammal bayon qilingan. Uning fikriga ko’ra, borliq moddiy va ruhiy dunyolarga 
bo’linadi. Moddiy dunyo ruhiy dunyoga bo’ysunadi va mustaqil faoliyatga qodir 
emas. Undagi tartib va mukammallik olamiy aql, yani xudo faoliyatining mahsulidir. 
Xudo barcha narsa va voqealarning sababchisi, taqdirni belgilovchi oliy borliqdir. 
Tabiat voqeliklarida ruh mavjud. Voqeliklarda mujassamlangan ruh xudo 
ruhining bir zarrasini tashkil etadi. Tirik mavjudotlarda joylashgan pyhlap o’z 
qobig’ini tark etib, «ozodlikka chiqishga» va mutlaq ruhga qo’shilishga intiladi. 
Diniy rivoyatlardan ma’lumki, ruhning tanani tark etishi «tabiiy» hodisadir, shunday 
ekan, odamlar hayotga va o’limga bir xilda munosabatda bo’lishlari kerak. 
Har bir odamda ilohiy ruhning bir zarrasi mavjudligi, ularning ruhan tengligini 
bildiradi. Ular o’rtasidagi tengsizlik jamiyatga xos voqelikdir. Qul pok vijdoli, 
insonparvarligi, do’stlarga sadoqati, jasurligi kabi ma’naviy fazilatlari bilan 
xo’jayinidan ustun turishi mumkin. Qullik kishining jismoniy holatidir. 
Seneka borliqni ilohiy dunyo va odamlar dunyosiga bo’ladi. Ular bir-birlari bilan 
bog’likdir. Ikki dunyo o’rtasidagi aloqachi vazifasini avliyosifat kishilar jamoasi 
bajaradi. Jamoa a’zolarining diniy va dunyoviy hokimiyatga itoatkorligi, zulmga 
qarshilik ko’rsatmasligi, jismiylikdan ruhiy etuklikni ustun qo’yuvchi, stoiklar 
ta’limotini yaxshi biladigan va ularga so’zsiz amal qiladigan kishilar orasidan tanlab 
olinishi tavsiya etiladi. Seneka targ’ib qilgan kishilardagi fazilatlar xristianlikning 
ma’naviy qadriyatlariga mos keladi. 
Seneka davlatlarni ikki turga bo’lali: 
1.
xudo va odamlarning hamkorligiga asoslanuvchi, hududi erning muayyan bir 
bo’lagi bilan cheklanmaydigan katta davlat; 
2.
hududi makonda cheklangan kichik davlat. Odamlar ikkala davlatga ham xizmat 
qilishlari mumkin, lekin bu dunyoda xalqlarni birlashtiruvchi ilohiy davlatni tanlagan 
odam yutkazmaydi. 
Shu tariqa kishilar ongiga 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin