Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning  eparxiyalarini



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
True

provinsiya
(viloyat)larda ruhoniylarning 
eparxiyalarini
(grekcha 
eparchia 
- rahbariyat, hokimiyat 
degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan. 
Eparxiyalarga arxiepiskop
(grekcha 
episkopos - 
nozir, nazoratchi degan ma’nolarni 
anglatadi) rahbarlik qilgan.
Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va 
boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. Usha davrda Rim davlatining zaiflashuvi 
cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli 
markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo’lgan kichik davlatlar 
cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov 
mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol 
ishtirok etgan. Bu kurashda 
Rim va Vizantiya
xristian cherkovining yirik markaziga 
aylangan. 
Quddus, Aleksandriya, Antioxiya
(Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni 
birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshka eparxiyalar ularga 
bo’ysundirilgan. 


53

Rim
yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri 
bo’lgan. G’arbiy Rim imperiyasi ag’darilganidan keyin (476 yil) uning xududida 
kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim eparxiyasining qudrati yanada ortgan. 
Rimda hokimiyat episkopning qo’liga o’tgan. Keyinchalik Rim episkopi papa 
(lotincha 
papa — 
ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. 
VI1I asrning ikkinchi yarmida Apennin Yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. 
Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo’lgan. Papa o’z 
hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa erlarga yoyishga harakat 
qilgan. 

Sharqiy Rim imperiyasida (
Vizanti
ya) markazlashgan davlat G’arbiy Rim 
imperiyasi qulaganidan keyin ham
 
uzoq vaqt davomida (XV asrning o’rtalarigacha) 
saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo’ysundirilgan. 
Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o’ziga bo’ysundirish bilan birga 
g’arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o’z ta’sirini boshqa hududlarga 
yoyishiga ko’maklashgan. 
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o’rtasida xristianlikning markazi maqomini 
qo’lga kiritish uchun o’zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda 
goh u, goh bu tomon ustun
 
kelib turgan. Oqibatda 
1054 
yilda Rim va Konstantinopol 
cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab 
rasman ikki yo’nalishga bo’linib ketgan. Rim papasiga bo’ysunuvchi eparxiyalar 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin