59
Masih o’tkazgan marosimni qabul qilgan. Shu bois sirli marosimdan
o’tkazilayotgan kishiga xudoning jismi va qoni timsoli bo’lgan non va vino
iste’mol qildiriladi. Bu bilan insonning Isoga Yaqinlashishi va abadiy
hayotga daxldor bo’lishi mumkin deb hisoblanadi.
3.
tavbo-tazarru qilish marosimi
IV--V asrlarla xristianlikda sirli marosim
sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosnm dindor kishi hayotining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Dinda buyurilgan amallarni yoki cherkov qoidasini buzgan kishi
tavba qilib, qilgan gunohini ruhoniyga aytadi. Marosim quyidagi bosqichlarga
bo’linadi: birinchi bosqichda odam ruhoniyga sodir etgan gunohi to’g’risida hisob
beradi, ya’ni
marosim odamning o’z gunhini anglashiga
uni qayta
takrorlamasligiga
va
ma’naviy
poklanishga
yordam
beradi,
gunohini
engillashtiradi; ikkinchi bosqichda maxsus vakolatga ega ruhoniy Muqaddas
Ruhning
kuchi
bilan
ushbu
insonning gunohini kechiradi.
4.
miro surtish sirm marosimi
cho’qintirish sirli marosimidan keyin o’tkaziladi.
Uni bajaruvchi ruhoniy xushbuy miro yog’ini kishining peshonasi (fikri),
ko’kragi (yuragi, his-tuyg’ulari, istaklari), ko’zi, burni va quloqlari (mayllari),
shuningdek qo’l-oyoqlari (xatti-harakatlari)ga xoch shaklida surtadi. Miro
yog’ini surtish vaqtida sirli ravishda xudoning marhamati o’tadi va shu tariqa
uning pokligi saqlab qolinadi, ma’naviyatining yuksalishnga erishiladi, deb
hisoblanadi;
5.
nikoh sirli marosimi
katolitsizmda XII asrda vujudga kelgan va XVI asrdan
boshlab sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosim alohida o’rin
tutadi, chunki oila kishilar jismoniy va ma’naviy birligining boshlang’ich bo’g’inidir.
Oila jamiyatning tayanchi, abadiy hayot timsolidir.
Dostları ilə paylaş: