61
Katolik cherkovidagi «nosog’lom» munosabatlar reformatsiya harakatining
vujudga kelishida muhim rol o’ynagan bo’lsada, lekin uning asosiy sababi o’z
umrini yashab bo’lgan feodal munosabatlardir. Feodal jamiyat negizida vujulga
kelib, ijtimoiy mavqeini tobora mustahkamlab borgan burjuaziya hokimiyat uchun
kurashda dastlab eski jamiyatning mafkuraviy tayanchi sanalgan katolik cherkovini
mag’lubiyatga uchratishi lozim bo’lgan.
Reformatsiya harakati dastlab Germaniyada Martin Lyuterning Rim papasiga
qarshi chiqishidan boshlangai. 1517 yil 31 oktyabrda Martin Lyuter o’z qarashlarini 95
ta tezisda bayon etib, uni Vittenberg shahar cherkovlaridan birining darvozasiga osib
qo’ygan.
Martin Lyuter rohiblikni bekor qilish, diniy marosimlarni soddalashtirish va
cherkovni dunyoviy xokimiyatga bo’ysundirish kabilarni talab qilib chiqqan. Uning
talablari Germaniyada endigina shakllana boshlagan burjuaziyaning manfaatlariga
mos kelgan.
Bir guruh lyuterchi nemis knyazlarining talabi bilan Shpeyer Reyxstag har bir
nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xoxlagan dinni tanlash xukukiga ega ekanligi
to’g’risida qaror qabul qilgan. Lekin Germaniyada Rim papasiga qarshi kurash olib
borishga qodir kuchli, markazlashgan davlat yuq edi. Rim papasining tazyiqi bilan
1529 yilda Reyxstag bu qarorni bekor qilgan. Reyxstagning qaroriga javoban, 5 nafar
nemis knyazi va 14 nafar imperiyaning shaharlari Reyxstagdagi ko’pchilikka qarshi
norozilik (protest) bildirganlar. Mazkur voqeadan keyin xristianlikda reformatsiya
natijasida paydo bo’lgan Yangi yunalish «protestantizm» deb atala boshlangan.
XVI asrning birinchi yarmida reformatsiya harakati Evropaning boshqa
davlatlariga yoyila boshlagan. Bu harakatning yirik markazlaridan biri Shveysariya
edi. Mamlakatning Jeneva va Syurix shaharlaridagi harakatlarga J.Kalvin va U.Svingli
rahbarlik qilganlar. Shveysariyadagi reformatsiya harakata protestantizmda Yangi
kalvinizm oqimini vujudga keltirgan.
Kalvinizm
- burjuaziyaning katolik cherkoviga
qarshi kurash timsoli edi. Oqimda umum e’tirof etgan e’tiqod ramzi yo’q. Injil esa
diniy ta’limotning Yagona manbai hisoblanadi. Taqdiri azal haqidagi ta’limot
oqimning asosiy g’oyalaridan biridir. Kalvinning fikricha, xudo ayrim kishilarni
abadiy rohat-farog’atda, ayrimlarni do’zax azobida qiynalib yashash uchun yaratgan.
Lekin har qanday kishi azoblardan xalos bo’lishi mumkin, chunki xudo uni
yolg’izlatib qo’ymaydi. Xudoning marhamati tushgan kishi tashabbuskor bo’lishi va
abadiy rohat-farog’atda yashashga loyiq ekanligini isbotlashi kerak. Bunday kishi
tadbirkor va har ishda omadli bo’ladi. U dunyoning lazzatlaridan tiyilishi, tejamkor
bo’lishi va kamtarona yashashi kerak.
O’rta asrlarda diniy marosimlarda qo’llanib kelingan ikonalar, sham yoqish, xoch
va boshqa vositalardan foydalanishdan voz kechilgan. Sirli marosimlardak faqat
ramziy ma’nodagi cho’qintirish, non va vino tortishdan foydalanilgan. Asosan
cherkovda va’z o’qishga katta e’tibor berilib, marosim diniy qo’shiqlar va xudoga
sig’inishlar bilam to’ldirilgan. Dindorlar jamoasini saylab qo’yiladigan
Dostları ilə paylaş: