xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo va insonga munosabati, xudoning yagona, lekin uch qiyofada ekanligi, o’z qiyofasini o’zgartirishi, odamlar gunohini o’z zimmasiga olishi, o’lib kayta tirilishi, ohirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan.
Pravoslavie ta’limotiga ko’ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo,
O
’g’il
xudo va Muqaddas Ruh, Xudoning qiyofalari teng va bir-biridan ajralmasdir.
Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.
Pravoslav xristianlar birinchi insonlar — Adam va Eva sodir etgan dastlabki
gunoh, o’g’il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug’ilganligi, odamlar gunohini
o’limi bilan o’z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o’liklarni qayta so’roq qilish
uchun erga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni ko’rishiga ishonadilar. SHuningdek,
pravoslaviyada ham jannat va do’zax, ruhning abadiyligi, cherkovning xudo va
odamlar o’rtasidagi
VOSITACHILIK vazifasini bajarishi to’g’risidagi ta’limotlar
mavjud.
Har bir diining o’z marosimlari bo’lganidek, pravoslaviyada etti sirli marosim
alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki,
ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o’qishlari bilan ob’ektga
odamning ko’ziga ko’rinmaydigan xudoning marhamati o’tadi.
Sirli marosimlar quyidagilardan iborat :
1. cho’qintirish marosimi 2. non va vino tortish marosimi xristianlikda ikkinchi, lekin ahamiyatiga ko’ra,
juda muhim sirli marosim hisolanadi. Bu barcha oqim va mazhablar qabul qilgan
marosim. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, Iso birinchi marta o’z shogirdlari bilan
maxfiy kecha kunida bu marosimni o’tkazgan. Keyinchalik xristian cherkovi Iso