Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
True

arablar nasabi
haqidagi tasavvurda 
saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod 
vakillaridir: 
qahtoniylar – janub arablari, adnoniylar – shimol arablari
dir. Mana shu 
ikki avloddan barcha arab qabilalari tarqalgan. Lekin, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, 
mazkur tasavvur VII asr oxirlari-VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchun 
harbiy kurash olib borgan arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, Asadiylar va boshqalar) 
vakillari tomonidan shakllantirilgan. Qadimgi arablar orasida ko’chmanchilik 
mafkurasi qoldiqlari, qabilaviy tuzum tasavvurlari kuchli bo’lsada, islom dini paydo 
bo’lishi davrlarida ularning katta qismi (2/3) o’troq holda shahar va qishloqlarda 
yashaganlar. Islom dini shakllangan va rivojlangan Makka va Yasrib shaharlari Yaqin 
Sharq sivilizatsiyasi qadimiy markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Arabiston 
yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim 
shaharlarini o’z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atalgan.
Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar 
«ko’pxudolilik»
e’tiqodi hukm surardi. Islomgacha Arabistonda turli xil dinlar mavjud edi. Semit 
qabilalari an’analariga ko’ra, quyosh, Oy, tabiatning bejilov kuchlari, turli xudolar va 
ruhlarga sig’inganlar. Har bir qabilaning o’z xudolari, totem yoki fetishlari mavjud 


67
bo’lgan. Ular gohida bir-biriga qarama-qarshi edi. Qabilaning diniy tasavvurlari faqat 
mazkur qabila a’zolarininggina birligini ta’minlagan, umumarab dini esa yo’q edi. 
“Allohning Rasuli dunyoga kelishi arafasida Arabiston yarim orolida tarqoq, qabila 
tuzumida istiqomat qiladigan xalqlar butparastlik va jaholat botqog’iga botib 
qolgandilar. Payg’ambar Ibrohim (a.s.) va uning o’g’li Ismoil (a.s.) tiklagan 
muqaddas Ka’ba but va sanamlarga to’lib bo’lgandi. Qabilalar tinmay o’zaro 
janglar olib borar, ijtimoiy va mulkiy tengsizlik chidab bo’lmas darajada edi. 
Jaholat shu darajaga borgandiki, ayrim qabilalarda qiz farzand dunyoga kelsa, uni 
tiriklayin ko’mib yuborar edilar”.
28
Demak, 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin