Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro


Sajjoh, Tulayh, Asvad, Musaylima



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
True

Sajjoh, Tulayh, Asvad, Musaylima 
kabi haniflar to’g’isida 
ma’lumotlar berilgan. 
Talabalarga islom dinining asoschisi bo’lmish Muhammad payg’ambar haqida 
batafsil ma’lumot bersak maqsadga muvoffiq bo’ladi. Muhammad 570 yilda Makka 
shahrida tavallud topgan. Ayrim adabiyotlarda quyidagicha ma’lumot berilgan: “Tavrotda 
tug’ilishi bashorat qilingan so’nggi payg’ambar Muhammad alayhissalom ibn 
Abdulloh milodning 569-571-yillari orasida Makkada tavallud topgan”.
29
Uning 
tug’ilishi arafasida otasi, 6 yoshligida esa onasi Amina aya vafot etgan. Ota-onasidan 
erta judo bo’lgan Muhammad dastlab bobosi Abd al-Mutallib tomonidan, u olamdan 
o’tgach esa amakisi Abu Tolibning qo’lida tarbiyalangan. Muhammad yoshlik 
chog’idanoq amakisining savdo ishlarida yordam bergan. U mehnatkashligi, 
odamlarning e’tiborini qozona olishi, ularning ko’ngliga yul topa olishi
 
va sodiqligi 
bilan nom qozongan. Shu bois unga «Amin» (sodiq) degan taxallus berilgan. 
Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida badavlat beva xotin Hadichaga ish 
boshqaruvchilikka xizmatga bergan. Ko’p vaqt o’tmasdan u Xadichaga uylangan. 
Er-xotinning yoshida juda katta farq (Muhammad xotinidan 15 yosh kichik bo’lgan) 
bo’lsada, o’zaro hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan mustahkam oila qurilgan. 
Biroq Muhammadning xotinlaridan biri Oyshaning ma’lumotiga ko’ra, ularning 
yoshlaridagi farq katta bo’lmagan. Shunga ko’ra, Muhammad uylangan vaqtda 23 
yoshda, Hadicha esa 28 yoshda bo’lgan. Agar ularning olti far-zand ko’rganliklari 
hisobga olinsa, Oyshaning ma’lumoti xaqiqatga Yaqin bo’lishi ehtimoldan xoli 
emas.
Muhammad uylanganidan keyin savdo ishlarini davom ettirish va mulkini 
ko’paytirishga harakat qilsada, yashashdan eng asosiy maqsad Allohga xizmat qilish 
29
Ислом маърифати. Назарий-услубий қўлланма. Т., 2005. - 4-5 бетлар. 


70
deb hisoblagan. Mulkiy ta’minlanganlik unga diniy ishlar bilan mun-tazam 
shug’ullanish imkonini bergan. 
610 yilda Muhammad xudodan 
vahiy 
(xudoning xohish-irodasini ifodalaydigan 
«haqiqat»larni odamlarga mo’’jizaviy yo’llar bilan etkazish) kelayotganligini 
aytib, arablarni Yagona xudo — Alloh atrofida birlashishga da’vat etgan va 
insonlarni Alloh irodasiga bo’ysunishga chaqirgan. 
Ma’lumki, Yagona Alloh to’g’risidagi 
ROYA
,
unga imon keltirganlarning 
birodarligini anglatadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin