Allohga ishonish . Har bir musulmon (arabchada – bo’yin eguvchi, itoatkor
degan ma’nolarni anglatadi) Yagona Allohni tan olishi va uning irodasiga
bo’ysinishi shart;
2)
Allohning farishtalariga ishonish . Musulmon kishi
farishtalar (arabchada
— malak. maloika) va yovuz kuchlar (jinlar) mavjudligiga ishonishi lozim.
Xudoga eng Yaqin bo’lgan farishtalar zimmasiga turli vazifalar yuklatilgan
bo’lib,
Jabroil — Allohnish hukmini kishilarga etkazuvchn,
Mikoil - koinotni
boshqaruvchi,
Isrofil - maxsus shoxdan yasalgan karnayni chalib qiyomat kuni
haqida xabar beruvchi,
Azroil - jon oluvchi farishta vazifasini bajaradi. SHu-
ningdek, o’lganlarni qabrda dastlabki so’roq qiluvchi farishtalar —
Munkar va
Nakir , jannatning qo’riqchisi —
Ridvon , do’zaxning qo’riqchisi –
Malik ham
xudoning Yaqin yordamchilari vazifasini bajaradilar. Alloh irodasiga
bo’ysunishni istamagan yana bir farishta mavjud bo’lib, uning nomi
Shayton (Iblis)dir. Shayton odamlarni gunohga yetaklaydi. Qudratli Alloh bu farishtani
jilovlab, bo’ysundirib olishga qodir, biroq u ataylab Iblisga erkinlik berganki,
bundan maqsad islomga e’tiqod etuvchi musulmonlarning irodasini, islom diniga
bo’lgan muhabbati va izchilligini sinash hisoblanadi. Bu farishta oxirzamonga
qadar erkin bo’ladi;
3)
Allohning kitoblariga ishonish. Musulmonlar Qur’onni abadiy va
odamlar tomonidan yaratilmagan deb hisoblaydilar. Islomda Alloh muqaddas
talimotini Muhammaddan oldin
Muso (Moisey) va
Iso (Iisus) larga vahiy
qilgan.