73
muqaddas bitiklarning eng so’nggisidir;
4)
Allohning payg’ambarlariga ishonish
. Payg’ambarlar
ilohiy
haqiqatni
bandalarga etkazadilar, ularni va’z, nasixat bilan haq dinga va yaxshi ishlarga
chaqiradilar. Qur’onda 25 nafar payg’ambarning ismlari qayd etilgan.
Payg’ambarlar ikki turga bo’linadilar:
rasullar va nabiylar
. Alloh alohida kitob
va shariat bergan payg’ambarlar «
Rasul»
deb ataladilar. Alloh alohida kitob
va shariat ato etmagan, lekin rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga
buyurilgan payg’ambarlar «
nabiylar
»deb ataladi. Rasullar nabiy bo’lishi mumkin,
lekin nabiylar rasul bo’la olmaydilar.
5)
oxirat kuniga ishonish.
Oxiratda (arabchada – oxirgi kun, dunyoning
tugash kuni degan ma’nolarni anglatadi) Alloh va u xohlaganidan boshqa hech
narsa qolmaydigan kun. Uning qachon bo’lishini faqat Alloh biladi. Oxirat kunida
Erdagi hayot tugaydi. Allohning qudrati bilan o’lganlar qayta tiriladilar va bir joyda -
Mahshar erida to’planadilar;
6)
islom e’tiqodini qabul qiluvchi har bir kishi o’z taqdirining Alloh tomonidan
oldindan belgilab qo’yilgani (taqdiri azal)ga ishonishi lozim.
Qur’onda yozilishicha,
«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko’nglini islom uchun keng qilib qo’yar.
Kimni adashtirishni istasa, uning ko’nglini «tor va tang qilib qo’yar»
30
- Allohning
irodasiga musulmonlar so’zsiz itoat etishlari shart;
7)
Dostları ilə paylaş: