traditsionalizm va modernizm nomi bilan mashhur.
Traditsionalizm «ortodoksal islom» nomi bilam ham yuritiladi. U o’zbek
tilida ilk islom ta’limoti, Qur’on va sunnalarda qayd etilgan g’oyalarini asl
mohiyatiii saqlab qolish, zamon, davr o’garishi bilan ayrim islom aqidalarining
ham o’zgarishi mumkinligi haqidagi fikrlarni inkor etuvchi ruhoniylar faoliyati
bilan bog’liqdir. Traditsionalistlar nuqtai nazaricha, islom dinining aqidalari, olam
haqidagi Alloh ta’limotn abadiy va mutlaqdir. Zamonda va tarixda bo’ladigan har
qanday o’zgarish Alloh tomonidan oldindan belgilangan va hukm qilingan
bo’lib, barcha narsa va hodisalar uning irodasi bilan sodir bo’ladi va mavjuddir.
Traditsionalizm islom dinida hurfikrlilik va erkinlik bo’lishiga tish-tirnog’i
bilan qarshi chiqadi, islomdagi o’zgarishlarni tanqid qiladi. Buning yorqin
ko’rinishi XVIII asr oxirlarida paydo bo’lgan va xozirgi kunda jahonning qator
mintaqalarida ortodoksal islomni targ’ib qiluvchi o’ta janggari oqimlardan biri
vahhobiylik hisoblanadi.
34
Modernizm, ya’ni islom dinini ijtimoiy taraqqiyot, fan va texnika yutuqlari
bilan uyg’unlashtirishga urinish muayyan darajada mafkuraviy yo’nalish yoki
ta’limot mavqeiga egadir. Islom modernizmi asosan XIX asrlarda paydo bo’lgan. U
islom dunyosining ilg’or fikrli ziyolilari tomonidan yaratilgai. Ular G’arbda burjua
munosabatlarining rivojlanishi ijobiy samara berganligi va fan-texnikaning
gurkurab rivojlanishiga olib kelganligini ko’rib, jamiyatlarini xam isloh qilish,
shariat qonunlari burjua huquqini tiklashni taklif qildilar. Turkiya XX asrning 20-
yillarida Sharq mamlakatlari orasida birinchi bo’lib kapitalistik munosabatlar
o’rnatgan. Turkistonda bunday urinishlar jadidlar harakatida ko’zga tashlanadi.
Jadidlar islom mistik qarashlar o’rniga ilm-fanni rivojlantirish milliy