85
III.
Matn yoki isnodning asosiy xususiyatlariga ko’ra:
ziyodot as-siqot,
mu’an’an, musalsal, mudallas, mubham, maqlub, mudraj, mudtarib, isnod oli
hadislar;
IV.
Hadislarning qabul qilish uchun yaroqliligiga ko’ra:
ma’ruf, munkar,
majhul, maqbul, mahfuz hadislar;
V.
Hadislarning inkor etilishiga ko’ra
: munkar, mardud, matruk, matruh
hadislar.
Hadislarni o’rganish fani
ulum al-hadis (hadis ilmlari
) deb ataladi.
Talabalarga islomdagi yo’nalish va oqimlarning hadislarga munosabatlarida
turlicha yondashuvlar mavjud ekanligi haqida ma’lumot berishimiz lozim. Shialik
yunalishi alohida hadislar to’plamiga ega bo’lib, ularda
Muhammadning oilasiga
alohida e’tibor beriladi. Lekin ikkala yo’nalish ham hadislarning muqaddas
rivoyatlar sifatidagi ahamiyatini inkor etmaydi.
Talaba yoshlarga mamlakatimizda bu sohada qilinayotgan ishlar haqida
batafsil ma’lumot barishimiz maqsadga muvoffiq bo’ladi.
Vazirlar Mahkamasining
buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy-
ruhiy hayotidagi beqiyos o’rnini hisobga olib, jamiyatning barkamol kishilarini
tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoitlar
yaratish maqsadida
1997 yil 29 aprelida «1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy
taqvim bo’yicha 1225 yilligini mamlakatimizda keng nishonlanishi haqida» qaror
qabul qildi. Bu qaror asosida buyuk muhaddisning yubiley to’yi
mamlakatimiz
miqyosida nishonlandi.
1998 yili mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan «Imom al-
Buxoriy» xalqaro jamg’armasi tashkil etildi. Bu jamg’arma qisqa muddat ichida
salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, 2000 yildan «Imom
al-Buxoriy
saboqlari» ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnalini prof. Z.I. Munavvarov
muharrirligida muntazam ravishda nashr etmoqda. Unda Vatanimiz va chet ellik
tadqiqotchilar tomonidan
buyuk muhaddislar ijodi, hadis ilmi rivoji haqidagi ilmiy
maqolalar berib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: