88
Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi 18-moddasi xamda Fuqarolik
va siyosiy huquqlar tug’risida xalqaro Pakt quyidagilarni o’z ichiga olgan.
O’z xoxishiga ko’ra maslakka yoki dinga e’tiqod qilish;
O’z maslaki yoki dininni o’zgartirish;
Diniy rasm-rusm, toat-ibodat marosimlarini o’tkazish;
Tushunchaga va dinga ega bo’lish;
Ota-onalariga yoki qarovchilariga o’z tushunchalariga
amal qilgan xolda,
o’zlarining bolalarini diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ta’minlash.
1991 yil 14 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Yangi Qonunni qabul qildi.
1998 yilda esa ushbu qonunning Yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonun 23
moddadan iborat.
Qonunning 3-moddasi “Vijdon erkinligi huquqi” deb nomlangan.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun xujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu qonun va boshqa qonun
xujjatlaridan iborat. Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy
xavfsizlikni
va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi,
huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi
mumkin. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan,
dinnning davlatdan ajratilishi tamoyilini asosini ta’kidlash zarur.
Bu haqida
Konstitutsiyaning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va
birlashmalar davlatdan ajratilgan xamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
3.
1992
yilda
qabul
qilingan
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqining
kafolatlanishi tabiiy holdir
.
Yana bir muhim tomoni – keyingi
yillarda davlat bilan
diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda salmoqli o’zgarishlar sodir
bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va
tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy
obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, Yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy
tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay
amal
qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning Yangi tahriri qabul
qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga
kirdi.
Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida
ushbu qonunning
maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu
qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini,
dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek
diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib
turishdan iborat».
89
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir
fuqaro dinga munosabatini o’zi
mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod
qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq
esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi
ta’kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqliligi
haqida
so’z
boradi.
Rasmiy
hujjatlarda
fuqaroning
dinga
munosabati
ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
Vijdon
erkinligi
haqidagi
qonunning
5-moddasida
O’zbekiston
Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu
degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy
boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga
aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat
ishlarida ishtirok etish
huquqiga egalar.
Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o’rtasidagi
tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlashi, konfessiyalar o’rtasida adovatni avj
oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga
qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo’l qo’ymasligi ta’kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan
Dostları ilə paylaş: