Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
True

Vahhobiylik. 
Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan 
diniy-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili 
Arabiston yarim oroli Najd o’lkasining 
al-’Uyayna
degan joyida tavallud topgan. 
Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir 
hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy 
ilmlarni o’z otasi rahbarligida o’rgana boshladi. U an’anaga ko’ra Qur’onni yod 
oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, 
Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo’lib, ko’pincha ulamolar suhbatida 
o’zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o’z targ’ibotchilik 
faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o’ziga munosib homiy topish 
bo’ldi.
1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir’iya vodiysiga uning amiri 
Muhammad ibn Sa’ud taklifiga binoan ko’chib o’tdi. Bu bilan Muhammad ibn 
Sa’ud o’z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega 
bo’ldi. Vahhobiylar o’zlari xohlagan jamoani 
kufrda
yoki 
shirkda
ayblashlari va 
unga qarshi 
jihod
e’lon qilishlari mumkin edi. Ibn Sa’ud esa bu 
jihodni
amalga 
oshirib, o’z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd 
al-Vahhob 1792 yili vafot etdi. Ibn Saud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog’i 
ostida olib borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi 
bilan yakunlandi.
Vahhobiylik ta’limoti diniy masalalarda din fundamenti, ya’ni Payg’ambar 
davri voqeiyliklariga qaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini 
bid’atchilikda

ya’ni dinga Yangilik kiritganlikda aybladilar, o’zlarining siyosiy dushmanlarini esa 
mushriklikda ayblab, ularga qarshi 
jihod
olib borishga 
fatvo
berdilar. Axloqiy 
masalalarda nazariy jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs 
qo’ymaslik, dunyoviy hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashni targ’ib 
qilsalar-da, lekin amalda saroy ahlining bosqinchilik urushlari qo’shni qabilalar 
mol-mulklarini talash oqibatida gap bilan amal o’rtasida ziddiyat paydo bo’ldi.
Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida 
vujudga kelganligi va imperiya bilan bu harakat o’rtasida bir necha qonli 
to’qnashuvlar yuz berganligi tufayli bu oqimda turk islomiga qarshi bo’lgan kuchli 
kayfiyat o’z aksini topdi. Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik mazhabi 
mutlaq hukmron mavqega ega bo’lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq 
tanqid qilindi.
Shuningdek, vahhobiylik harakati mafkurasining markazida avvaliga Arabiston 
erlarini birlashtirish orqali, keyinchalik butun islom dunyosida islom davlatini 
shakllantirish g’oyasi ham mavjud edi. Ular bu maqsad yo’lida har qanday 
qurbonliklarga tayyor edilar.
Vahhobiylarning chet ellarda ko’plab tashkilotlari bo’lib, ular faol harakat olib 
boradilar. Ularning ko’pchiligi yashirin siyosiy faoliyat olib boradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin