Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
True

 Al-Ixvon al-muslimiyn. 
XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan 
mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o’zgarishlar yuz bera 
boshladi. 
Bu 
o’zgarayotgan 
Yangi 
sharoitlarga 
diniy-falsafiy, 
huquqiy 


94
normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda «islomiy islohotlar» 
nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho’zilib ketdi va ko’p sohalarda 
ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislomizm va musulmon 
jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g’oyasini aytishimiz mumkin. 
Panislomizm g’oyasini birinchi bo’lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg’oniy (1839-
1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo’lib, 1884 yili Parijda Muhammad 
Abduh (1849-1905) bilan birgalikda «al-Urvat al-vusqo» jurnalini nashr etdi va 
unda panislamizm g’oyalarini targ’ib qila boshladi. Al-Afg’oniyning g’oyalarini 
keyinchalik «Musulmon birodarlar» (
al-Ixvon al-muslimun
) radikal shakllarida 
rivojlantirildi. 
Al-Ixvon al-muslimun – 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx 
Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno 
Jamoliddin al-Afg’oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, 
panislomizm g’oyasida 
jihod

islomiy
millatchilik

islomiy
davlat
ta’limotlarini 
ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan 
mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to’lik rioya qiluvchi, 
«islomiy adolat» prinsiplari o’rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni 
boshlab yubordi.
Al-Ixvon al-muslimun o’z tarixida bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1928-
1936 yillardagi davrni xayriya va ma’rifatchilik bosqichi deb atasa bo’ladi. 
Keyinchalik u kurash uslubi sifatida terrorni qo’llash darajasiga etgan siyosiy 
tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ko’plab davlatlarda uning faoliyati taqiqlandi. 
Keyingi davrda al-Ixvon al-muslimun orasida bo’linish yuz berib, ular 3 
yo’nalishga ajralib ketdi: 
1)
«mo’’tadillar» – Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tarafdorlari; 
2)
«islom demokratlari» – «islom sotsializmi» ta’limoti tarafdorlari; 
3)
«at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi terror 
uslubini qo’llovchi tashkilotlar.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin