Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
True

Akromiylar. 
Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli 
to’xtatilgan noan’anaviy, ham islom ta’limotiga, ham konstitutsiyaviy davlatchilik 
asoslariga zid bo’lgan guruh «Akromiylar»dir.
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh 
asoschisi – 1963 yilda tug’ilgan Yo’ldoshev Akrom nomi bilan bog’liq. A. 
Yo’ldoshev Hizb at-tahrirning etakchisi an-Nabahoniy g’oyalari asosida 12 darsga 
mo’ljallangan «Imonga yo’l» risolasini yozgan. SHu sababdan akromiylarni 
«Imonchilar» deb ham yuritiladi.


96
Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g’arazli maqsadlarni ko’zlaydilar. 
Biroq ular tahrirchilardan farqli o’laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan 
kelib chiqib, avvalo, Andijonda, so’ng Farg’ona vodiysida amalga oshirmoqchi 
bo’ldilar. 
Akromiylar 
siyosiy 
hokimiyatga 
erishishning 

bosqichini 
rejalashtirganlar – «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va «oxirat». To’rtinchi 
va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va 
ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo’lmog’i lozim edi.
Bu guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo’lib, ular rasmiy 
ishxonalardan 
bo’shab, 
jamoa 
ma’qullagan 
mehnat 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanganlar. Zarurat tug’ilganda «birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy 
yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat 
mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o’rtasida amalga 
oshirilgan.
3. O’zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni 
yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo’qotishga 
urinishda o’zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan 
umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna 
solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini
e’tiqod 
erkinligiga 
asoslangan 
ko’p 
konfessiyali 
dunyoviy 
jamiyatni 
obro’sizlantirishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs 
ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini 
o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor 
qoidalariga aylantirgan.
Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, 
yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishlarida kuch 
bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda 
avloddan avlodga etkazishga yordamga kelgan. 
Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, 
insonning o’zini o’rab turgan dunyoga o’zi kabi odamlarga munosabatining 
Yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy 
turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan 
holda rivojlanib kelgan».
Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor 
berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. 
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy tashkilotlar soni o’sdi. 1990 yilda 
Respublikada 119ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o’quv yurti mavjud bo’lgan bo’lsa 
2005 yilga kelib, 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek 
1987 ta masjid, 163 xristian cherkovi, 8 ta yaxudiy sinagogilari, 6 ta Bahoiylar 
jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar 
erkin ibodat qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan
40

40
Ўзбекистон Республикаси диний ташкилотларнинг рўйхатга олиниши ҳақида маълумотнома. 2005 йил 14 
январъ 


97
Bugungi kunda ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televidenie 
va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy masalalar tez-tez yoritila 
boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish 
kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet 
ellik yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga 
aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar 
bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va 
Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning 
deyarli barcha shahar va qishloqlariga etib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir al-
islomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida 
uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi.
Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, 
Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli 
islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va 
bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli 
qilishimiz zarur bo’ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin