Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/104
tarix03.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#151671
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
True

 
Mavzu bo’yicha savollar: 
1.
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
diniy 
e’tiqod 
erkinligiga qanday munosabat bildirilgan? 
2.
Diniy e’tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi moddasida so’z 
yuritiladi? 


91
3.
«Diniy tashkilotlar» deganda nimalar nazarda tutiladi? 
4.
Diniy tashkilotlarga kimlar a’zo bo’la oladi? 
5.
Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday 
tadbirlarni qo’llaydi? 
 
10-MAVZU 
DINIY EKSTRIMIZM VA FUNDAMENTALIZM 
REJA: 
1.
Diniy fundamentalizm va ekstremizm. 
2.
Islomdagi radikal diniy oqimlar va guruhlar. 
3.
Diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qarshi kurash. 
Tayanch so’z va iboralar:
Ekstremizm, fundamentalizm, radikal diniy oqimlar, 
fanatizm, vahhobiylik, hizb at-tahrir, Al-Ixvon al-muslimun, missionerlik, 
prozelitizm, akidaparastlar, shariat, mazxab, diniy ekstrimizm, globallashuv, 
Fundamentalizm.
1. Mavzuning birinchi savolidagi asosiy masala fundamentalizm va ekstremizm 
bo’lganligi sababli, shu tuchunchalarning mazmunini talabalarga to’liq yoritib 
berish kerak. Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va 
bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni 
ilgari 
suruvchilarning 
yo’nalishidir. 
Diniy 
fundamentalizm 
– 
aqidaning 
o’zgarmasligini himoya qiladigan, 
vahiy 
va 
mo’’jizalarning
muqaddas 
kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy 
talqiniga murosasiz, so’zma-so’z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan 
mantiqiy dalillardan ustun qo’yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining 
boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat’iy va og’ishmay 
bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladigan istilohdir. 
Fundamentalizm iborasi ilk bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan 
protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim I-
jahon urushi arafasida xristianlikda diniy modernizm va liberalizmning o’sishiga 
norozilik tarzida amerika protestantlarining konservativroq qismi o’rtasida paydo 
bo’lgan va 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar 
xristianlikning 
an’anaviy 
aqidalariga, 
ayniqsa, 
Bibliyaning 
mutlaq 
mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so’zma-so’z sharhlashga qat’iy 
rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib, 1919 
yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. 
Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa bu so’z islomga nisbatan qo’llanila 
boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo’nalishdan biridir 
(qolgan ikkitasi – traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining 
asosiy g’oyasi – «sof islom» prinsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» 
yo’lini joriy etishdir. 


92
Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy 
mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Ekstremizm – (lot. extr o’ta, 
haddan tashqari ma’nolarini anglatadi) ijtimoiy siyosiy xarakterdagi muammolarni 
hal etishda o’ta keskin chora-tadbirlar, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va 
amaliyotdir. 
Ekstremizm mazmuniga ko’ra – diniy, dunyoviy, namoyon bo’lishiga ko’ra 
– hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Bizga tarixdan ma’lumki, 
ekstremistik qarashlar juda chuqur ildizga ega bo’lib, hech qachon chegara 
bilmagan, din, millat va hududni tan olmagan. Dunyoviy ekstremizm siyosiy, 
iqtisodiy va mafkuraviy ko’rinshilarda ifodalansa, diniy ekstremizm barcha dinlar 
doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni katoliklar, 
protestantlar, pravoslavlar orasida ham uchratish mumkin.
Fanatizm o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib, boshqa firqa va 
mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy 
asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan 
omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. 
XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq 
sovetlardan keyingi makonda ham o’z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, 
bir jihatdan, diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei 
tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar 
tug’ilishi vaqti bo’ldi.
O’rta Osiyodagi respublikalar o’z mustaqilligiga erishishi va uning 
mustahkamlanishi 
davrida 
«islom 
omili», 
«islom 
uyg’onishi», 
«qayta 
islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko’proq ishlatilib, bu hol 
ularning beqiyos faollashuvini o’zida aks ettirdi. Bunga sabab sobiq sovet 
davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining emirilib, muayyan vaqt 
davomida hosil bo’lgan ma’naviy bo’shliqni to’ldirish ehtiyoji bo’ldi. 
Kommunistik mafkuraning ma’naviy jihatdan qashshoq bo’lib, o’ziga xos 
mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi sho’ro 
hokimiyatidan keyin bu hududda diniy fundamentalizm uchun qulay sharoit 
tug’dirdi. 
2. 
Islomdagi radikal diniy oqimlar va guruhlarning faoliyati, ularning asl 
mohiyati va maqsadlarini yoritib, ularning vayronkor . tajovuzkor g’oyalarining 
jamiyatimizga zararini talabalar ongiga singdirishimiz zarur. Bunday guruhlarning 
maqsadi va ish uslublari – diniy hissiyotlari kuchli bo’lgan fuqarolarni 
jamiyatlarga tortib, ularni qayta tarbiyalash, so’ng ulardan tashviqot va ijtimoiy 
tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, 
yoshlarni, bolalarni, hayot tarzidan norozi bo’lgan shaxslarni jalb qiladilar. 
Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, etim-esirlarga yordam, diniy ta’lim 
berish, turli diniy adabiyotlarni tarqatish kabi yo’llar bilan keng targ’ibot ishlarini 
olib boradilar. Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o’zgalar fikrlari va manfaatlariga 
hurmatsizlik ruhini singdirishga urinadilar. Shunday guruh va oqimlarda 
batafsilroq to’xtalib o’tish maqsadga muvoffiqdir. 


93

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin