65
Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham
ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron,
Pokiston, Afg’aniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari
mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDX, davlatlari xududida
Markaziy Osiyo,
Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston xalqlari
o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi. Hozirgi kunda turli qit’alarda
yashovchi bir milliarddan ziyod kishi irqi, millati, sinfi va tabaqaviy farqlaridan qat’i
nazar, islom dini normalari va qadriyatlari atrofida birlashgan hamda jahon ijtimoiy-
siyosiy va madaniy hayotida salmoqli o’rinlardan birini egallaydi.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va davlatlarida islom diniga nisbatan
qiziqish va intilish kuchayib, unga xayrixoh va tarafdor bo’lganlar soni ko’payib
bormoqda. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov “Turkiston-Press”
nodavlat
axborot agentligi muxbiriga bergan interyusida ta’kidlaganidek, “Buning asosiy
sababi – birinchi galda muqaddas dinimizning haqqoniyligi, odamzodni doimo
yaxshilik va ezgulikka chorlashi, hayot sinovlarida o’zini oqlagan qadriyat va
an’analarni ajdodlardan avlodlarga etkazishdagi buyuk o’rni
va ahamiyati bilan
bog’liq. Ayni paytda, bu holat dinimizning umumbashariy madaniyat va
sivilizatsiya, ilmu fan rivojiga qo’shgan buyuk hissasi bilan ham izohlanadi”. XX
asrda musulmonlar dunyo aholisining 15-16 foizini tashkil etgan bo’lsa, bugungi
kunda bu ko’rsatkich Er yuzidagi har besh kishidan birini tashkil etmoqda. 2025
yilda esa, dunyo aholisini 30 foizini islomga e’tiqod qiluvchilar tashkil etishi
mumkin. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125
mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61
mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.)
mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar.
Mavzudagi eng asosiy masalalardan biri islom dinining vujudga kelishining tarixiy,
ijtimoiy va siyosiy sabablari. Talabalarga mana shu masalani yoritib berishimiz darkor.
Islom milodiy VII asrning boshlarida Arabiston Yarimorolida paydo bo’lgan. Ushbu
davrdagi hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni ko’rib chiqamiz. Yarimorol aholisining
asosiy qismini arablar tashkil etgan. Islom vujudga kelishi
arafasida arablar asosan
chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Arabistonning qulay geografik o’rni (hududidan
g’arb va SHarq davlatlarini bog’lovchi karvon yo’llari o’tgan va uchta qit’ani tutashtirib
turadi) sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy
rivojlanish darajasi Yarimorolning hududlarida turlicha bo’lgan. Uning bepoyon
cho’llarida yashagan ko’chmanchi arablar chorvachilik bilan shug’ullangan.
Yarimorolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy
markazlarning ta’siri kuchli edi. Karvon yuli o’tgan janubi-g’arbiy qismi (Hijoz)da
qadimdan savdo-sotiq, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik va qisman
xunarmandchilik rivojlangan. Milodiy I asrda Arabistonning janubi-g’arbiy qismida
shahar-davlatlar vujudga kelgan. IV—VI asrlarda bu erla Makka. Yasrib,
Toif singari
yirik shaharlar mavjud edi. Ularda istiqomat qiluvchi arab zodagonlarining
daromadini karvon yo’llaridan kelayotgan boj soliqlari va savdo-sotiq tushumlari
66
tashkil etgan. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko’chmanchi chorvador
qabilalarda urug’-qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining
paydo bo’lish jarayoni kuchaygan.
«
Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «Yagona xudo – Allohni
tanimaslik» ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston
yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi.
Bu bilan
Yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko’pxudolik»
(
al-Vasaniya
) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar. Ba’zi
tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq
ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar,
birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda
mushkul.
Arab erlari Osiyoning janubi-g’arbidagi yarim orolda joylashgan bo’lib,
shimol
tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko’rfazi, Umon dengizi,
janub tomondan Hind okeani va g’arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu
bepoyon o’lka bu erda yashagan somiy tillarning birida so’zlashuvchi arablar nomi
bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha,
islom paydo bo’lish arafasida yarim orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch
sivilizatsiya mavjud bo’lgan:
1)
mustaqil ma’noga ega bo’lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili);
2)
nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston;
3)
Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an’analari bilan bog’liq Shimoliy
Arabiston.
Islomning paydo bo’lishi tarqoq arab qabilalari
uchun olamshumul voqeaga
aylandi. Tarixda birinchi arab davlati –Arab xalifaligi vujudga keldi. Arab istilolari
oqibatida mazkur uch sivilizatsiyalar vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning
o’tmishdagi nisbiy mustaqil rivojlanganliklari
Dostları ilə paylaş: