21
2.
Hinduiylik.
Talabalarga Hindistondagi eng keng tarqalgan milliy din –
hinduizm
dini haqida etarli ma’lumot berishimiz darkor.
Hinduizm juda murakkab
dindir. U bir tomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi
tomondan turli dinlar
qorishmasidir. Ijtimoiy tashkilot sifatida kastachilik asosiga qurilgan. Ma’lumki,
mil. av. VI asrda Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U braxmanizmdagi bir
necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada, kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha
davrda
Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga,
braxmanizm dinini isloh qilib, qayta
tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanizm bilan buddizm o’rtasidagi
kurashni ifodalovchi hinduizm edi.
Bu din, asosan, Hindistonda tarqalgan bo’lib, mamlakat aholisining 83%, ya’ni
650 mln. kishi shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduizm e’tiqod qiluvchilar soni
jihatidan
jahonda uchinchi o’rinda turadi. Barcha hinduistlarning soni 700 mln.ni tashkil
etadi. Yirik jamoalar Bangladeshda (12 mln.), Indoneziyada (3,6 mln.), SHri
Lankada (3 mln.), Pokistonda (1,5 mln.), Malayziyada (1 mln.), AQSHda (0,5
mln.), Butanda (0,3 mln.) mavjud. Hinduizm uni qabul qilmoqchi bo’lganlarga
qo’yadigan birinchi va asosiy shart Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir.
Diniy
qorishma sifatida hinduizm
oriylarg
acha bo’lgan dinlar, hind-skif
jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlarini va qadimgi
braxmanlarning buddizm
bilan aralashgan qadimiy urf-odatlarini o’zida mujassam qilgan.
Talabalar diqqatini hinduizm o’zining asosi hisoblanadigan vedizm va
braxmanizmdan tashqi ko’rinishda farqlanishiga qaratishimiz kerak.
Unda Yangi
braxmanizm dinlari, to’g’rirog’i, oqimlari mujassamdir. Ularning barchasini
umumiy jihatlariga qarab bir guruhga jamlash mumkin:
tushuncha va qonunlarning
asl manbai bo’lgan vedalarning muqaddasligi;
Dostları ilə paylaş: