20
Quyosh xudolari.
Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon
bo’lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritilgan. Ularning eng
qadimiysi Mitra («do’st») dir. Surya quyoshning yorqinroq namoyon bo’lgan
ko’rinishidir. U yunonlardagi Apollon kabi etti ot biriktirilgan g’ildirakli aravalarda
tasvirlangan. Savitri esa quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo’ladi.
Pushan
muruvvatli hisoblanib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatni o’zida namoyon
qiladi. Ularning yana biri Vishnu vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo’lib
ketgan xudolar orasida abadiy hisoblangan, hozirgi
paytda butun Hindistonda
ulug’lanadi.
Havo xudolari.
Ulardan tashqari bu xudolar qatoriga Ashvina va Savitar nomi
bilan ataluvchi ikki tong xudosi ham qo’shiladi.
Ularning boshida osmon podshosi va oriylarning milliy xudosi Indra turadi. U
avvalo ikkita sariq otga qo’shilgan g’ildirakli aravada turuvchi jang xudosidir.
Ulardan yana biri Rudna bo’lib, odamlarning unga nisbatan cheksiz qo’rquvlari
ularni doimiy ravishda Rudnaga bag’ishlab madhiya va duolar o’qishga undagan. U
Rigvedada Shiva («yoqimli») nomi bilan zikr etiladi. Keyinchalik, Shiva Vishnu
bilan birgalikda «ikki xudo» sifatida unutilgan Hindiston xudolari turkumi o’rnini
egalladi.
Yer xudolari.
Er xudolarining eng ulug’i
erda quyoshning, havoda
chaqmoqning, er ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov xudosi Agnidir.
Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning
qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Biror
qurbonlik uning vositasisiz xudolarga etib bormaydi deb hisoblangan.
Ayol xudolar qatoriga tong va tong nuri ma’budasi Ushas, daryo xudosi Sarasvatilar
kirgan. Sarasvati keyinchalik braxmanizmda so’z xudosi sifatida tasvirlangan.
Braxmanlik
veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt o’tishi bilan vedalardagi
qo’shiqlar ommaga, hatto ruhoniylarga ham tushunarsiz bo’lib qoldi. Bu qo’shiqlar
hali o’zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo’ldi.
Nihoyat, bu tilni o’rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib,
maxsus vaqt
ajratdilar. Natijada o’z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o’rganish, murakkab
marosimlarni o’tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag’ishlagan
braxmanlar
Dostları ilə paylaş: