13
totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va xayolot
dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida afsonaviy
fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi. Va, nihoyat,
fetishlarning
paydo bo’lishi
shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib
yurish
xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiy dunyodagi buyumlarda ham mavjud
bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy
odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi
ishlab chiqildi. Demakki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki
asosiy qismi bo’lib qoldi.
Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo
kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan
ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi
u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu
tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt o’z
ta’sirini o’tkazib keldi.
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda
ham xalqlarning urf-odat va
e’tiqodlarida saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor,
ko’zmunchoq va turli ramzlar bunga yorqin misoldir.
3. Markaziy Osiyo xalqlarining shakllanishi tarixining murakkab va o’ziga xos
tomonlari mavjuddir. Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg’ona
vodiysi tosh davrida – eramizgacha bo’lgan 1 mln.- 500 minginchi yillarda vujudga
kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq bu erlarda (Teshiktosh, Sherobod va
bosh.) ma’naviy madaniyatni shakllanganliginiifoda etuvchi qoyalarga o’yib
tasvirlangan rasmlar, xaykaltaroshlik paydo bo’la boshlaydi. Inson, o’simlik va
hayvonlarning ramziy ifodalarini hayoliy tarzda o’zaro biriktirgan, uyg’unlashtirgan
bu badiiy asarlar voqelikni inson tomonidan haqiqiy va hayoliy o’zlashtirishni o’zida
ifoda etish bilan birga diniy qarashlarni ham vujudga
kela boshlaganini ham
bildiradi.
Neolit davrida “muqaddas” hayvonlarga, ona–xudoga bag’ishlangan haykallar,
toat-ibodatlar, diniy marosimlar bilan bog’liq buyumlar paydo bo’la boshlaydi.
Talabalarga sinkretizm tushunchasi haqida ma’lumot berish maqsadga
muvoffiqdir. Sinkretizm – yunon tilidan olingan so’z bo’lib, hodisalarning dastlabki,
bir-biridan ajralmagan, qorishiq holatini anglatadi. Sinkretizm qadimgi odamlarning
tafakkurini ham uzluklilik va uzluksizlik tabiatini, uni aniq buyum va narsalar orqali
ifoda etilishini ham bildiradi. Totemistik, animistik
diniy qarashlar shular
jumlasidandir.
Dinning qadimgi shakllariga ona xudo –
Onaxit
bilan bog’liq tasavvurlar ham
kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mo’l-ko’lchilikning ramziy ifodasi, oila
o’chog’ining, yosh avlodning homiysi ham hisoblangan. O’zbeklardagi
Anbar ona,
qirg’izlardagi Umon enelar shular jumlasiga mansubdir.
Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, uning kundalik hayoti bilan
bog’liq bo’lgan muhim ishlar: jumladan tug’ilish, ozuqa topish, ov qilish, o’z
14
xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvur va e’tiqodlar
bilan bog’liq bo’lganligini ko’ramiz.
Ota bobolar ruhlariga sig’inish, ilohiy kuchlarga
bir tomondan ishonchning
oshishiga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan
Dostları ilə paylaş: