Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
45
— Ayt-chi, Aflotun, eng baxtli odam kim?
— Suqrot, — deb javob berdi Aflotun.
— Seningcha, hukmdorning eng asosiy vazifasi nimadan iborat? — yana so‘radi Dionisiy.
Aflotun dedi:
— Qo‘l ostidagilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashdan iborat.
Dionisiy uchinchi savolini berdi:
— Ayt-chi, nahot odil sud hech narsaga arzimasa?
O’sha davrlarda Dionisiyning hukumat sudi o‘z odilligi bilan dong taratgandi. Biroq
Aflotun sir boy
bermay, bu savolga shunday javob qaytardi:
— Arzimaydi. Chunki odil hakamlar yirtilgan ko‘ylakni tikib qo‘yadigan yamoqchiga o‘xshaydi.
— Seningcha, mustabid hukmdor bo‘lish uchun jasurlik sifati zarurmi? — so‘nggi savolini berdi
Dionisiy.
— Aslo, — dedi Aflotun, — mustabid hukmdor aslini olganda eng qo‘rqoq odamdir. U
hatto
sartaroshning ustarasidan ham cho‘chiydi.
Bu javobdan g‘azabga kelgan Dionisiy Aflotunga shu kuniyoq Sitsiliyani tark etishni buyurdi.
* * *
Aflotun falsafaga ta’rif berib, quyidagi misralarni yozib qoldirgandi:
— Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan ham, boshqa
narsalardan ham zo‘rroqdir.
* * *
Falsafa bilan mashg‘ul bo‘ling. Shuningdek, yoshlarda ham falsafaga rag‘bat uyg‘oting.
* * *
Haqiqatni anglashga intiluvchilar chin faylasuflardir.
* * *
Hayrat faylasuflarga xos sifat. Ana shu sifat falsafaning ibtidosi sanaladi.
* * *
Donishmandlar ham, johillar ham falsafa bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Donishmandlar bilan
johillar oralig‘idagi odamlargina haqiqiy faylasuf bo‘la oladilar.
* * *
Qanchalik noyob qobiliyatli va o‘tkir zehnli bo‘lmasin, falsafaga moyillik
hissini tuymagan odam u
bilan yaqinlasholmaydi. Zero, falsafa begona qalblarda ildiz otolmaydi.
* * *
Falsafa bilan yoshlikda, me’yorida mashg‘ul bo‘lmoqlik joiz. Bu qoidaga amal qilmaganlarni halokat
kutadi. Har qancha zakovatli bo‘lmang, yoshingiz bir joyga borib qolganda
umringizni falsafaga
bag‘ishlasangiz, hurmat-e’tiborli inson bo‘lish tajribasidan ayrilib qolasiz. Bunday holatda odamlar
bilan biror ish yuzasidan suhbatlashishga qiynalasiz, ularning quvonch va tashvishlariga sherik
bo‘lolmay, umuman, oddiy insoniy muomala va odobni o‘zlashtirolmay aziyat chekasiz.
Natijada
qanday ishga kirishmang va qanday amalni bajarmang — xoh shaxsiy, xoh davlat miqyosidagi
faoliyatingizda xuddi falsafiy suhbat va munozaraga aralashgan hukumat
kishisi kabi barchaga kulgi
bo‘lasiz.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: