Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
Kichik nuqsonlar, ayniqsa, hokimiyat ishonib topshirilgan zotlarda katta bo‘lib ko‘rinadi.
* * *
Tinch-xotirjam bo‘lishni istovchilar muhtojlikda yashashni o‘rganmoqlari lozim.
* * *
Eng zafarli harakatlarda ham ezgulik yoki axloqsizlik ochiq namoyon bo‘lavermaydi. Goho
qandaydir
arzimas bir qiliq, so‘z yoki hazil inson fe’l-atvorini o‘n minglab odamlar halok bo‘ladigan
jangdagidan ko‘ra aniqroq va ro‘y-rost namoyon etadi.
* * *
Hamdardlik — o‘zgalarning baxtsizligidan aziyat chekish, hasad — birovlarning baxtini ko‘rib
g‘amga botish.
* * *
Ichiqoralik — o‘zgalarning musibatidan lazzatlanish demak.
* * *
Hech bir aytilgan so‘z aytilmay qolgan so‘zchalik foyda keltirmagan.
* * *
Har qanday adashish halokatlidir. Ehtiros hamroh bo‘lgan adashish esa ikki karra halokatliroq.
* * *
Biz ko‘pincha javobga muhtojligimiz tufayli emas, balki o‘zgalarning
ovozini eshitib, ularni o‘zimizga
og‘dirib, suhbatga tortish uchun savol beramiz.
* * *
Kishining o‘ziga ortiqcha ishonib, ko‘hna e’tiqod va urf-odatlarni pisand
etmasligi oqibatida xatoga
yo‘l qo‘yganidan ko‘ra, ularga ehtiyotkorona amal qilish natijasida adashmoqligi afzaldir.
* * *
Menimcha dag‘allikning ham, jur’atsizlikning ham ildizi ilmsizlikka borib taqaladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: