Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
93
Mavhumlikdan ko‘ra ortiqroq azob yo‘qdir.
* * *
Falokat yuz bergan chog‘da qaltis qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
* * *
Haddan ortiq shodlik ham insonni ezib yuboradi.
* * *
Yoshlik chog‘da
ilm olib, keksayganda esa ana shu ilmdan zavqlanib yashamoq eng to‘g‘ri yo‘ldir.
* * *
Hech narsa bilmagandan ko‘ra keragidan ortiq bilgan afzalroq.
* * *
O’rgatish asnosida o‘rganaman.
* * *
Xafagarchilikdan qutulishning eng yaxshi yo‘li kechirishdir.
* * *
Bir so‘zlasang, o‘n bor tingla.
* * *
Har bir gapni o‘zgalarga so‘zlashdan avval o‘zingga ayt.
* * *
Elga bosh bo‘lishni istasang, o‘zingda aql-idrok hukmronligini ta’minla.
* * *
Insonlardagi havas ular o‘zlarini qanchalar baxtsiz sezishlaridan darak beradi. O’zgalarning xatti-
harakatlariga muntazam diqqat qilish esa zerikishdan dalolatdir.
* * *
Insonning fe’l-atvorini arzimas mayda-chuydalar orqali bilib olish mumkin.
* * *
Buyuk taqdir buyuk qullikdir.
* * *
Hamma to‘g‘ri
yashash haqida emas, uzoq umr ko‘rish haqida qayg‘uradi. Vaholanki, to‘g‘ri
yashash hammaning qo‘lidan keladi, uzoq umr ko‘rish esa hech kimga nasib etmaydi.
* * *
Qachonlardir yuz beradigan baxtsizlikni o‘ylab, o‘zini doimo baxtsiz his etish ahmoqlikdir.
* * *
Donishmand boylik qurshab olganda qashshoqlik haqida har vaqtdagidan ko‘proq o‘ylaydi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: