721
O‘zbekistonning demokratik huquqiy davlat qurish yo‘liga o‘tishi ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlarga yangicha yondashish, eski andozalardan voz kechish hamda jahon
tajribasini hisobga olishni obyektiv asosda talab qilmoqda. Ko‘pchilik ijtimoiy va
iqtisodiy huquqlar: mulkka egalik huquqi; ishsizlikdan himoyalanish huquqi; mehnatning
oqilona shart-sharoitlariga ega bo‘lish huquqi; madaniyat yutuqlaridan foydalanish
huquqi va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ilk bor mustahkamlandi.
Boshqa huquq va erkinliklar (mehnat huquqi, ta’lim olish huquqi, ijtimoiy ta’minot
huquqi, ilmiy-texnik, ijod erkinligi va boshqalar) mazmunan boyitildi va
takomillashtirildi, ya’ni ilmiy-texnik, ijod erkinligi mafkuraviy biqiqlikdan ozod qilindi.
1992-yilgi Konstitutsiya ilk bor har bir shaxsning ijtimoiy va moddiy ta’minot
huquqlarini o‘zida mustahkamladi. Konstitutsiyamizning 36-42-moddalariga muvofiq
inson va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari quyidagilardan iborat:
-har bir shaxsning mulkka ega bo‘lish huquqi;
-har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash va adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash huquqlariga egaligi;
-barchaning dam olish huquqiga egaligi;
-har
kimning qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoy ta’minot olish huquqiga egaligi;
-har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi;
-har kim bilim olish huquqiga egaligi;
-har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish
huquqi kafolatlanishi kabi muhim qoidalar belgilab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: