Fizika kafedrasi kurs ish optikada dopler effekti va uning qo‘llanishi


Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix04.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#152031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gulmira kurs ishi 211

Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari
. Ushbu kurs ishida optikada Dopler 
effekti va uning qo’llanilishi haqida o’rganamiz. Bu mavzu orqali biz to’lqinlar, 
elektromagnit to’lqinlar, Dopler effekti haqida tushuncha, optikada Dopler 
effektining qo’llanilishi va tutgan o’rni kabilarni o’rganamiz. O’rganish davomida 
keng tushunchaga ega bo’lamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I. BOB 
1.1. To’lqinlar 
Toʻlqinlar
— fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning 
holat oʻzgarishlaridir. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir 
nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil 
mexanik, issiqlik, elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos 
keladi. 
Elastik toʻlqin

sirtiy toʻlqin, elektromagnit toʻlqin
turlari keng tarqalgan. 
Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin 
deyiladi. Tovush toʻlqini va 
Yer
qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning 
xususiy holi hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlar 
sirtiy toʻlqinlardir. Elektromagnit toʻlqinlar — xususan radio toʻlqinlar, yorugʻlik 
toʻlqinlari, ultrabinafsha toʻlqinlar, rentgen va gamma toʻlqinlar — tarqalayotgan 
oʻzgaruvchi 
elektromagnit maydonlardan
iborat. Bulardan tashqari 
gravitatsion 
toʻlqinlar
ham mavjud. Toʻlqin jarayonlari fizik hodisalarning deyarli barcha 
sohalarida uchraydi. Toʻlqinlarni oʻrganish fizika va texnika fanlari uchun muhim. 
Muayyan vaqt oraliqlarida takrorlanib turadigan harakatlar tebranishlar deyiladi. 
Tebranishlar toʻlqin tarqalish yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa, boʻylama toʻlqin, tarqalish 
yoʻnalishiga 
perpendikulyar
boʻlsa, koʻndalang toʻlqin deyiladi. Boʻylama toʻlqinlar 
tarqalayotganda muhit zarralari toʻlqin tarqalayotgan yoʻnalish boʻylab tarqaladi. 
Koʻndalang toʻlqinlarda esa muhit zarralari toʻlqinlar yoʻnalishiga perpendikulyar 
yoʻnalish boʻylab tebranadi. Gazlar, suyuqliklardagi elastik toʻlqinlar boʻylama 
toʻlqinlardir. Qattiq jismlardagi elastik toʻlqinlar, jumladan, Yerning seysmik 
toʻlqinlari boʻylama toʻlqinlar shaklidagina emas, koʻndalang toʻlqinlar ham boʻlishi 
mumkin. Muhit zarralarining tebranishlari toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga 
perpendikulyardir. 
Elektromagnit toʻlqinlar
koʻndalang toʻlqinlardir, ularda 
tebranuvchi 
elektr maydon
va 
magnit maydon
kuchlanganliklarining yoʻnalishlari 
toʻlqinlar tarqalishi yoʻnalishiga perpendikulyar boʻladi. Mexanik toʻlqinlar manbai 
tashqi kuch taʼsirida holati oʻzgarishga moyil boʻlgan chekli jism va moddalar 



boʻlib, elektromagnit toʻlqinlar manbai tebranish konturi va harakatlanayotgan 
zaryadlar 
hisoblanadi. 
Toʻlqinlarning 
xossalarini 
oʻrganishda 
uning 
parametrlaridan, yaʼni amplitudasi, uzunligi, chastotasi, uning tarqalish tezligi, 
fazasi, toʻlqin vektori va boshqa kattaliklardan foydalaniladi. toʻlqinlar chastotasi, 
fazasi yoki amplitudasining oʻzgarishini toʻlqinlar modulyatsiyasi deyiladi. Aniq 
parametrning oʻzgarishiga qarab moye modulyatsiya — chastota modulyatsiyasi, 
faza modulyatsiyasi, amplituda modulyatsiyasi roʻy beradi.
Ixtiyoriy shakldagi har qanday toʻlqinlar garmonik toʻlqinlar yigʻindisi deb 
qaralishi mumkin. Vaqtning har bir momentida fazoning cheklangan kichik 
qismidagi juda yaqin chastotalarga ega toʻlqinlar tizimi toʻlqinlar guruhi yoki 
toʻlqinlar paketi deyiladi. Umuman toʻlqinlar fronti va toʻlqinlar paketining biror, 
masalan, maksimal amplitudasi turli tezliklar bilan tarqaladi. Toʻlqinlar fronti tezligi 
biror oʻzgarmas faza tezligidir, shu sababli bu tezlik fazaviy tezlik deyiladi. 
Toʻlqinlar paketiga tegishli aniq amplituda tezligi guruhli tezlik deyiladi. Toʻlqinlar 
tarqalishida energiya guruhli tezlik bilan tarqaladi. 
Turli toʻlqinlar uchun 
interferensiya

difraksiya
,sinish, qaytish, qutblanish va 
boshqa hodisalar bir xil qonuniyatlar asosida boradi. Toʻlqinlarning gravitatsion va 
glyuon turlari tajribada tasdiqlanmagan. 
 
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin