ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu
kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik
ko‘riladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning o‘zida, kechki payt kelib tushgan
hujjatlar esa ertasi kun o‘tkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi
mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank
operatsiyalarini bajaruvchi
bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhsi,
kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni komputer bo‘limiga
uzatish
vaqtlari belgilanadi.
Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya
ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan
yo‘riqnomada o‘z ifodasini topgan. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan talabnomalar
quyidagilardir:
– Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib
tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning o‘zida
qabul qilinishi,
rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi varaqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya
kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi
ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
–
Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni
Hisob-Markaziga jo‘natish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron
to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi
Nizom hamda unga
kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
–
Operatsiyalarning sifatli o‘tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank
bo‘limida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini
taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish
lozim.
–
Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita
buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul qilib oladilar.
Operatsiya kuni tugagandan
so‘ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali
topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
–
Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar,
jumladan, budjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul to‘lovlari
mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida yetarli pul
mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablag‘lar
chegarasida
to‘lanadi.
Quyida banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi to‘g‘risidagi
namunaviy ko‘rsatmalarni keltiramiz:
Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi.
–
Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni
tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli
hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar bo‘yicha hisobvaraqlar kartotekasiga
joylashtirish bilan shug‘ulanadi.
–
Pul sanash kassasidan tushumni yig‘ishga doir hujjatlar operatsion bo‘lim-
buxgalteriya xodimi qo‘liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim.
Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab
bo‘lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi.
Kassa daftarlarini
kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
–
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul
hujjatlari to‘lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi.
–
Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi.
–
Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi
bo‘yicha o‘tkaziladi.
–
Operatsion kun tugagandan so‘ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar
bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi.
-
Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan
boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga
xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi.
-
Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo‘yicha
summalarini kiritish va
olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi
kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib
turilishi lozim.
-
Joriy kun operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar hisob-kitob markaziga ular
bilan kelishilgan maxsus grafik bo‘yicha berilishi kerak.
-
Ekspeditsiya bo‘limiga hujjatlar ish kuni oxiriga kamida 1-1,5 soat
qolganda qabul qilish to‘xtatiladi.
Endi bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga to‘xtalib o‘tamiz.
Bankning har bir operatsiyasi bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘z
xususiyatlari bor
(naqd pulsiz, kassa, kreditlash). Kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga
ayniqsa alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun kassa operatsiyalari bo‘yicha
hujjatlar aylanishini ko‘rib chiqamiz.
1-rasm
Dostları ilə paylaş: