Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Ishlab chiqarish holatini baholash



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206
 
3. Ishlab chiqarish holatini baholash 
Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash 
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash-tirishini o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. 
Baholash natijalari bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi to’zilib, sertifikat berish 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda u hisobga olinadi. 
Mahsulot 
sertifikatida 
ishlab 
chiqarishni 
tekshirilgan-ligi, 
sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi 
to‘g‘risida axborot beriladi. 
 
4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish 
huquqini berish. 
So‘rovchilarga 
muvofiqlik 
sertifikatini 
va 
sertifikat-lashtirilgan 
mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular 
bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi. 
SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini 
baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini 
rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish 
milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT 
ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat 
faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. 
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli 
“Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p 
mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan 
boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan.
Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni 
ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, 
hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha 
amalga oshiriladi. 
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos 
hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda 
mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish 


122 
sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq 
bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi.
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka 
mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) 
muddatidan oshmasligi lozim. 
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, 
so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan 
sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi. 
Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish. 
O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim 
bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar. 
Respublikada 
foydalaniladigan 
yurtimiz 
va 
chetdan 
keltirilgan 
mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan 
sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi. 
Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim 
va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi. 
Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi. 
Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish 
xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar 
va materiallar ilova qilinishi lozim. 
Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH 
ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini 
taqdim etadi. 
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish 
(tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda 
ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin. 
Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi 
bo‘yicha belgilanadi. 
Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, 
mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga 
kiritiladi. 
Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi 
tomonidan bajariladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 
409-sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) 
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish 
to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston 
Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab 
chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. 
Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir 
xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga 
tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik 
sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi. 


123 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi. 
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish 
masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va 
transportda saqlanishi mumkin. 
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “O’zstandart” agentligi o‘rnatgan 
muddatda amalga oshiriladi. 
Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari 
1 kundan 5 kungacha 
Yengil sanoat mahsulotlari 
5-10 kungacha 
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta 
ishlashdan boshqa) 
10 kungacha 
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari 
5-15 kungacha 
Mashinasozlik mahsulotlari 
10 kungacha 
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar 
15 kungacha 
O‘lchash vositalari 
5-30 kungacha 
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, 
sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi. 
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi 
to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini 
bo’zilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir. 
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida 
sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari 
bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga 
asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti 
tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, 
ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi. 
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga 
muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan 
muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin