187
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish
to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi
davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral
2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir
xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga
tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik
sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni
sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi
hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda
saqlanishi mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda
amalga oshiriladi.
Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari
1 kundan 5 kungacha
Yengil sanoat mahsulotlari
5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta
ishlashdan boshqa)
10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari
5-15 kungacha
Mashinasozlik mahsulotlari
10 kungacha
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
15 kungacha
O‘lchash vositalari
5-30 kungacha
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda,
sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi
to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini
buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida
sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan
mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan
sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan
shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi
bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga
muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan
muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.
Dostları ilə paylaş: