180
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish
huquqiga ega
bo‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy
talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/,
sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda
o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo
iqtisodiy aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi
uchun hamda chiqarilayotgan
mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun
muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni
ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va
ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi
tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo
mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi
tomon
tarafidan
qilinadigan
sertifikatlash-tirish
ishlab
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l
keng qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi
tomon tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini
tashkil etish amalda
shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab
chiqaruvchi assotsiyatsiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy
tashkilotlari tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar
boshida
ite’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini
sertifikatlash-tirish tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy
bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy
miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan
o‘tkaziladigan
texnikaviy meyorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini
qamrab olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni
tekshiruv deb hisoblab,
bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan
himoyalangan
qurilmalarning,
kemalarning,
suzish
vositalari-ning,
tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom reaktorlarining va tog‘
texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun texnikaviy nazorat
o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.