174
2. Massaning ulushli birligi - grammni old qo‘shimchasiz ishlatish ruxsat
etiladi (birlikning belgisi - g).
Old qo‘shimcha yoki uning belgisi birlikning nomiga, yoki mos holda,
belgisiga qo‘shib yozilishi lozim.
Agar birlik birliklar ko‘paytmasi yoki nisbati ko‘rinishida tuzilgan bo‘lsa,
u holda old qo‘shimchani yoki uning belgisini ko‘paytma yoki nisbatga kiruvchi
birinchi birlik nomiga yoki belgisiga ko‘shib yozish lozim.
Tug‘ri:
kilopaskal-sekunda
taqsim metr
(kPa·s/m).
Noto‘g‘ri:
paskal-kilosekunda
taqsim metr
(Pa·ks/m).
Asoslangan hollarda, bunday birliklar keng tarqalgan hollarda bandning
birinchi qismiga muvofiq tuzilgan birliklarga o‘tish qiyin bo‘lsa, old
qo‘shimchani ko‘paytmaning ikkinchi ko‘paytuvchisiga yoki nisbatning
maxrajida ishlatilishiga ruxsat etiladi, yani masalan: tonna-kilometr (t
km), volt
taqsim santimetr (V/cm), amper taqsim millimetr kvadrat (A/mm).
Darajaga ko‘tarilgan birlikning karrali va ulushli birliklar nomi old
qo‘shimchani asosiy birlik nomiga qo‘shib yozish bilan hosil kilinadi Masalan,
yuza birligining karrali yoki ulushli birligini hosil qilish uchun old qo‘shimchani
asosiy birlik - metrga qo‘shish kerak: kilometrning kvadrati, santimetrning
kvadrati va h.k.
Darajaga ko‘tarilgan birlik olingan karrali va ulushli birliklarining
belgilarini shu daraja ko‘rsatkichini mazkur birlikdan olingan karra yoki ulush
belgisiga qo‘shib tuzish lozim, shunda ko‘rsatgich karrali (yoki ulushli)
birlikning (old qo‘shimcha bilan birga) darajaga ko‘tarilganligini ifodalaydi.
Misollar
Dostları ilə paylaş: