Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


Standartlarni ishlab chiqish tartibi



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   206
Standartlarni ishlab chiqish tartibi.
 
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy – 
usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari 
bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi ( 8.1 – rasm). 


91 
 
1 – rasm. Standartni ishlab chiqish bosqichlari. 
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir – biri bilan qo‘shib olib 
borishga yo‘l qo‘yiladi. 
Standart loyihasi TQ ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga, 
yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab 
chiquvchi korxonalarning tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi. 
Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga 
tushuntirish xati ham to’ziladi va lozim topilsa standartni joriy qilish bo‘yicha 
asosiy tashkiliy – texnikaviy iadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi 
(keyinchalik asosiy tadbirlar rejasining loyihasi deb yuritiladi). 
Standart loyihasi tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyixasi bilan 
birgalikda ko‘paytiriladi va ro‘yxat bo‘yicha hamma manfaatdor tashkilotlarga 
fikr – mulohazalar olish uchun yuboriladi. 
Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganidan 
so‘ng o‘z fikr – mulohazalarini to’zib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga 
qabul qilgan kundan boshlab 15 kun ichida, kechiktirmasdan yuboradilar. 
Fikr – mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini ishlab chiqish 
(so‘nggi tahriri), kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish. 
Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha 
fikr – mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr – mulohazalar majmui 
to’ziladi. 
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot to’zilgan fikr – mulohazalar majmuiga 
binoan standart loyihasining so‘nggi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish 
xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi. 


92 
Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida 
standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar 
bo‘lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni muhokama qilish 
uchun kengash o‘tkazadi. 
Kengashga ko‘rib chiqilgan standart loyihasi bo‘yicha va qaror qabul 
qilish vakolati berilgan asosiy manfaatdor tashkilotlarning va buyurtmachilar 
(asosiy iste’molchilar)ning vakillari taklif etiladi. Ushbu kengashda ko‘rib 
chiqilayotgan masalalarning har taraflama muhokama qilinishi va bu masalalar 
yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlanish lozim bo‘ladi. 
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali 
masalalar bo‘yicha fikr – mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar yuboradi. 
Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 
10 kun qolganda oladigan qilib yuboriladi. 
Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekan bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro‘yxatga 
kengash ishtirokchisining har birining familiyasini, ismi, otasining ismi va 
mansabi (tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi. 
Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart, loyihasining so‘nggi 
tahriri to’ziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi 
aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida Davlat nazorati, kasaba 
uyushmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 
faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha ushbu idoralar bilan 
ham kelishib olinishi kerak. 
Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa GOST 122 – 85 
bo‘yicha kelishib olinadi. 
Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan 
kelishmovchiliklar bo‘yicha O‘zstandart Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, 
sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan faoliyat turlari to‘g‘risida so‘nggi 
qarorni qabul qiladi. 
Standartga o‘zgartirish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan 
tashkilotlarning manfaatlariga mo‘nelik qilmasa, o‘zgartirish faqat buyurtmachi 
(asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi. 
Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat 
buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi. 
Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan 
quyidagicha to‘plamda beriladi ( 2 – rasm). 


93 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin