Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/206
tarix04.10.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#152194
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206
RO’XATIDAN O’TKAZISH 
Reja: 
1.Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib – qoidalari. 
2.Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. 
3.Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi. 
Tayanch iboralar: 
standart, standartni ishlab chiqish, standartni 
tasdiqlash, texnikaviy shartlar, texnikaviy shartlarni sihlab chiqish.
1. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib – qoidalari 
O‘zRST 1.1 – 92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi standarti (bundan keyin standart deb yuritiladi) standartlashtirish 
bo‘yicha texnikaviy qumitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha 
tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, 
pudratchi, aktsioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan 
ishlab chiqiladi. 
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari 
tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi 
ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) 
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish kulamini va muddatlarini 
aniqlaydi. 
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan 
qat’iy nazar, mahsulotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona 
va tashkilotlar uchun majburiydir. 
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan 
tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 
Standartlarning to’zilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi 
GOST 1.5 – 85 ga muvofiq bajariladi. 

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin