Oziqlanishi turli – tuman. Masalan, sazan – hamaxo‘r, do‘ng peshona va oq amur –
o‘simlikxo‘r, lesh – bentofag. Tuxum qo‘yib ko‘payadi, tirik tug‘adigan formalari yo‘q.
Karplar oilasi vakillari chuchuk suvlarda keng tarqalgan baliqlardir. Bu oilaga daryo va
ko‘llarda yashaydigan qizilko‘z – chavoq, ya’ni plotva (Rutilus rutilus), Kaspiy-Volga havzasida
yashaydigan Kaspiy voblasi (Rutilus rutilus caspius) (vobla o‘tkinchi baliq), daryo yazi
(Leuciscus idus), Volga kaspiy leshchi (Abramis bramas) (leshch o‘tkinchi), zog‘ora baliqlar
(Cyprinus carpio) va uning xonaki irqi karp, karas (Carassius carassius), lin (Tinca tinca) va
boshqalar kiradi.
Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida
uchraydigan mo‘ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq ham karpsimonlar turkumiga
kiradi.
Plotvalar avlodiga plotva, taran, kaspiy voblasi, orol plotvasi kiradi.
Qora amur avlodiga qora amurni o‘zi kiradi. Suzgichlari qora. Iqlimlashtirilgan.
Oq amur avlodiga oq amur kiradi. Tana rangi och rang.
Elsilar avlodiga oddiy elsi, chebak, amur chebagi va boshqalar kiradi.
Qizil qanot avlodi, jerexlar avlodi, shemaylar avlodi, leshch avlodi, lin avlodi va boshqalar
kiradi.
Usachlar kenja oila – usachlar avlodi, xramuli avlodi kiradi.
Keng qorinli karplar kenja oilasiga marinkalar kiradi.
Sazanlar kenja oilasiga – sazan yoki karp, karaslar (oltin karas, kumush kras) kiradi.
Do‘ng peshona kenja oilasiga oq do‘ng peshona, chipor do‘ng peshona kiradi.
Sultirine kenja oilasiga leshlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: