12-MA’RUZA
Mavzu: Karpsimon baliqlar va ularning biologiyasi.
Reja:
1.Karpsimon baliqlar vakllarining sistematik, biologik, ovlanish xususiyatlari.
2. Karpsimon baliqlarning o‘ziga xos belgilari. O
3. Orol dengizi havzalaridagi vakillari. Karpsimon baliqlarning jahon akvakulturasida
istiqbolli obekti sifatida.
Tayanch iboralar:
Cypriniformes,
jabra yoylari, tishlari, halqum tishlari, veber apparati,
v’yunlar, mezokaroid, sikloid, metamormoz,
vebyer apparati, pilorik pridatkilar,
akklimatizatsiya, ikra,
Karpsimon baliqlar
turkumi, umumiy tuzilishi, xarakterli belgilar. Karpsimon
baliqlar
(
Cypriniformes
) yoki suyak suzgichlilar turkumining aksariyat ko‘pchiligi chuchuk
suvlarda yashaydi. Bu turkumga karplar va laqqa baliqlar oilasi kiradi. Karpsimonlar baliqlar
seldsimonlarga o‘xshash ancha sodda tuzilgan baliqlar hisoblanadi. Suyakli baliqlar, miya
qutisining suyaklari yaxshiroq rivojlangan.
Karpsimon baliqlarning xarakterli belgilari:
-
og‘zida tishlari bo‘lmaydi, lekin orqa jabra yoylarda o‘rnashgan halqum tishlari bor;
-
suzgich pufagi ichak bilan bog‘langan;
-
suzgichlari yumshoq;
-
suzgich pufagining oldingi qismini ichki quloqning
labirint pardasi bilan
tutashtiruvchi suyakchalar sistemasi – veber apparati bor.
Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda yashaydigan, ayrimlari o‘tkinchi baliqlar bo‘lib,
mo‘‘tadil va tropik oblastlarni egallashi bilan lasoslardan farq qiladi. Har xil suv havzalarida –
tog‘ daryolaridan tortib to balchiq ko‘llargacha yashaydi. Bularga qizilko‘z - chavoq, yaz, lin,
karas, vobla, taran, qutum, leshch, zog‘ora va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik turlari o‘troq -
qizilko‘z, yaz, lin, karas. Lekin ayrim turlari yuqorida aytganimizdek o‘tkinchi - vobla, taran,
qutum va boshqalar bular urchish uchun daryoga o‘tadi.
Karpsimon baliqlar turkumining 4 ta kichik turkumlari bor
1.
Xaratsinsimonlar (Characinoidei)
2.
Elektr ugrilar (Gymnotoidei)
3.
Karpsimonlar (Cyprinoidei)
4.
Somsimonlar (Siluroidei)
Somsimonlar laqqa baliqlar ham deyiladi.
Karpsimon baliqlar kichik turkumining 6 ta oilasi bor.
1.
CHukuchanovlar oilasi
2.
Vyunlar oilasi
3.
Karplar (Cyprinidae) oilasi
Karpsimonlarning tanasi sikloid tangacha bilan qoplangan yoki yolong‘och. Bular asosan
chuchuk suv baliqlari. Ba’zilari sho‘r suvda ham uchraydi.
Karplar oilasining xarakterli belgilari –
-
jag‘larida tish bo‘lmaydi,
-
xitinni va boshqa oziqni maydalash uchun xizmat
qiluvchi orqa jabra yoyida
joylashgan,
-
tomoq tishlarining bo‘lishi;
-
yog‘ suzgichlari yo‘q.
Unchalik katta emas, uzunligi 20-40 sm. Ayrimlari 1 m etadi, masalan oq amur, usachlar,
do‘ng peshona, sazan va boshqalar.
Oziqlanishi turli – tuman. Masalan, sazan – hamaxo‘r, do‘ng peshona va oq amur –
o‘simlikxo‘r, lesh – bentofag. Tuxum qo‘yib ko‘payadi, tirik tug‘adigan formalari yo‘q.
Karplar oilasi vakillari chuchuk suvlarda keng tarqalgan baliqlardir. Bu oilaga daryo va
ko‘llarda yashaydigan qizilko‘z – chavoq, ya’ni plotva (Rutilus rutilus), Kaspiy-Volga havzasida
yashaydigan Kaspiy voblasi (Rutilus rutilus caspius) (vobla o‘tkinchi baliq), daryo yazi
(Leuciscus idus), Volga kaspiy leshchi (Abramis bramas) (leshch o‘tkinchi), zog‘ora baliqlar
(Cyprinus carpio)
va uning xonaki irqi karp, karas (Carassius carassius), lin (Tinca tinca) va
boshqalar kiradi.
Orol dengizi, Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko‘llarida
uchraydigan mo‘ylov baliq, qora baliq, moybaliq, oqcha baliq
ham karpsimonlar turkumiga
kiradi.
Plotvalar avlodiga plotva, taran, kaspiy voblasi, orol plotvasi kiradi.
Qora amur avlodiga qora amurni o‘zi kiradi. Suzgichlari qora. Iqlimlashtirilgan.
Oq amur avlodiga oq amur kiradi. Tana rangi och rang.
Elsilar avlodiga oddiy elsi, chebak, amur chebagi va boshqalar kiradi.
Qizil qanot avlodi, jerexlar avlodi, shemaylar avlodi, leshch avlodi, lin avlodi va boshqalar
kiradi.
Usachlar kenja oila – usachlar avlodi, xramuli avlodi kiradi.
Keng qorinli karplar kenja oilasiga marinkalar kiradi.
Sazanlar kenja oilasiga – sazan yoki karp, karaslar (oltin karas, kumush kras) kiradi.
Do‘ng peshona kenja oilasiga oq do‘ng peshona, chipor do‘ng peshona kiradi.
Sultirine kenja oilasiga leshlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: