tikansimon. Anal suzgichlaridagi ikkita o‘qi uzunchoq. Og‘zi tepada, kichik va tishsiz.
Uvildiriqlari pelagik. SHo‘r hamda chuchuk suvlarda yashaydi.
Kilkilarning
tana razmerlari kichik, serpushligi uchun va gala bo‘lib yashashganligi
sababli yirtqich baliqlarning oziqasi hisoblanadi. Ba’zi dengizlarda (Azov, Qora dengiz) ular
delfinlaga oziqa bo‘ladi. Kaspiy dengizida kilkilarni elektr to‘rlar bilan ovlaydi.
Anchouslar oilasi.
Anchouslar oilasi vakillari unchalik
katta gala hosil qilmaydi, bu
baliqlar tropik va mo‘‘tadil dengiz va okeanlarda yashaydi.
Evropa anchousi yoki xamsa Rossiyada keng tarqalgan. Bularning xarakterli belgilaridan
biri katta og‘zi. YUqori jag‘ suyagi uzun. Qorinchasi kilkilardan farqi yumaloq, to‘sh (kil) yo‘q.
YOn chiziqlari yo‘q. Tana uzunligi deyarli 9 sm dan 16 sm gacha. Hayot tarzi gala bo‘lib
yashaydi. Migratsiya qilib yashaydi. Bahorda anchouschlar Qora dengizdan Azov dengiziga
migratsiya qiladi. Azov dengizida ular qisqichbaqasimonlarning plaktonlari, kamqilli
chuvalchanglar va kolovratkalar bilan oziqlanadi. Qora dengizda anchouslar mizid va
mollyuskalarning lichinkalari bilan oziqlanadi. Kuzda ular oziqlanishni to‘xtayda va qishgi
migratsiya qilishga, ya’ni Azov dengizidan Qora dengizga o‘tadi.
Er sharida eng ko‘p sondagi baliqlarga peru anchouslari kiradi.
Peru anchouslari Peru
qirg‘oqlarida va SHimoliy CHilida yashaydi. Bular zooplankton bilan oziqlanmaydi,
balki
mikroskopik suv o‘tlari, ya’ni vodoroslilar bilan oziqlandi. Peru qirg‘oqlarida baklanlar,
pelikanlar va chaykalar anchouslar bilan oziqlanadi. Qush go‘ngi o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Peruda anchouslar ovlanadi baliq uni uchun.
Dostları ilə paylaş: