11-MA’RUZA
Mavzu: Losossimon baliqlar va ularning biologiyasi.
REJA
1.Losossimon baliqlar vakllarining sistematik,
biologik, ovlanish xususiyatlari.
2. Losossimon baliqlarning o‘ziga xos belgilari.
3. Lossimon baliqlarning jahon akvakulturasida istiqbolli obekti sifatida.
Tayanch iboralar:
vebyer apparati, pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra,
mezokaroid, sikloid, metamormoz, Pilorik pridatkilar, akklimatizatsiya, ikra,
Lasossimonlar (Salmonidae) turkumi, umumiy tuzilishi, xaraktyerli belgilari.
Lasossimonlar turkumiga o’rtacha va yirik baliqlar kiradi. Lososslar
uzun tanasining orqa
tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich qanotlari yoki
yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining bo’lishi bilan xaraktyerlanadi. Bu
baliqlardan qimmatbaho go’sht va qizil ikra olinadi. Lososlar mo’’tadil va shimoliy yarim sharda
tarqalgan bo’lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Bu baliqlarning
ko’pchiligi o’tkinchi baliqlar bo’lib, dengizlarda o’sib,
voyaga etadi, urchish uchun daryolarga
o’tadi. Lososlarga Uzoq Sharq dengizlarida yashaydigan keta, gorbusha, nyerka, ko’l va soylarda
yashaydigan gulmoy baliqlari kiradi.
Haqiqiy lasoslar orasida Atlantik okeanining shimoliy qismidagi dengizlarda, Barens va
Oq dengizlarda uchraydigan semga (Salmo salar) ni ko’rsatish mumkin. Semgalar tuxum qo’yish
uchun shimoliy Evropadagi daryolarga kiradi. Nyerest migratsiyasi yozda va kuzda bo’ladi.
Tuxum qo’ygandan keyin barcha individlari nobud bo’lmasligi bilan Uzoq Sharq lasosidan farq
qiladi. Ba’zi individlari to’rt martagacha tuxum qo’yadi. Semgalar uvildirig’ini
Uzoq Sharq
lasosi singari tuproqqa ko’mib qo’yadi. Shimoliy, Qora va Kaspiy dengizlarida semgaga yaqin
bo’lgan kumja (Salmo trutta) uchraydi. Bu baliq esa daryolarda urchiydi, o’sish uchun dengizga
chiqadi. Ba’zi individlari daryoda voyaga etadi. Daryolarda kumjaga yaqin irq – forel (Salmo
trutta fario) paydo bo’lgan. Ular daryolardan boshqa tog’ ko’llariga ham kiradi. Lasoslar orasida
haqiqiy o’troq, chuchuk suvlarda yashovchi turlari ham uchraydi. Bulardan siglar, omular va
taymenlarni ko’rsatish mumkin.
Lasoslar juda katta sanoat ahamiyatiga ega. Faqat go’shti emas, balki uvildirig’i (ikrasi)
ham iste’mol qilinadi. Bu baliqlar sekin urchishi va qimmatbaholigi tuqayli bularni sun’iy
urchitish chora-tabirlari ko’rilgan.
Lasossimonlar seldsimonlardan kelib chiqqan.
Lasossimonlar turkumining xaraktyerli belgilari:
-tanasining orqa tomonida va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz yog’ suzgich
qanotlari yoki yog’ suzgichi deb ataluvchi yumshoq teri qatlamining mavjudligi;
-to’liq yoki noto’liq
yon chiziqlari borligi;
-skletida tog’ay borligi.
12 ta oilasi bor, shulardan bittasi qirilib ketgan.
Dostları ilə paylaş: