Suyakli baliqlar sinfini sistematikasi 1. Tog‘ay-suyakli baliqlar
2. SHu’la qanotlilar
3. Ikki xil nafas oluvchilar
4. Panja qanotli baliqlar.
S
eldsimonlar turkumi. Suyakli baliqlarning 40 dan ortiq turkumlari bor.
Umurtqa pog‘onasi suyakdan iboratligi bilan o‘ziga xos xarakterga ega. Tangachalari suyak,
sikloidli yoki ktenoidli. Suzgich pufagi ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufag yoki yopiq
pufagli. Ko‘pchilik turlarida arterial konus yo‘q spiral klapan mavjud.
Seldsimonlar (
Clupeiformes )
turkumining umumiy tuzilishi, xarakterli belgilari .
Seldsimonlar turkumiga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi. Bu turkumga seldlar va
anchouslar oilalari kiradi. Tanasining umurtqalarining o‘rtasida teshik mavjud. Suzgich pufagi
ichaklari bilan qo‘shilgan ochiq pufagli bo‘ladi. YOn chiziqlari yo‘q. Suzgich qanotlarining
shu’lalari yumshoq va bo‘g‘imli bo‘lishi xarakterli. Seldlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37
foizini tashkil qiladi.
Seldsimonlar oilasi. Seldsimonlar oilasi vakillar asosan okean baliqlari. Seldlar oilasiga
190 tur, 50 oila baliqlari kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, er sharida keng
tarqalgan, chuchuk suvlarda ham uchraydi. Ba’zilari esa ko‘payish uchun daryolarga kiradi. Bu
baliqlar gala bo‘lib yashaydigan baliq hisoblanadi, umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tangchalari
sikloidli, engil ko‘chadigan. Tanasida yon chiziqlar yo‘q. Suzgich pufagining oldingi qismida
o‘simtalar bo‘lib, bular bosh suyagining eshitish kapsulasiga ochiladi va rezanator vazifasini
bajaradi.
Seldsimonlar oilasi vakillari ovlanadigan baliqlarni orasida asosiy ovlanadigan
hisoblanadi. Bu oilaga
okean seldi, atlantik seld, boltiq seldi va boshqalar kiradi.
Okean seldi Atlantik va Tinch okeanlarida yashaydi. 2 ta gurug‘i bor: ko‘p umurtqali va
kam umurtqali. Ko‘p umurtqali seldlarga atlantik seldi, boltiq seldi yoki salaka kiradi. Kam
umurtqalilarga tinch okeani seldi va oqdengiz deldi kiradi.
Atlantik seldi Atlantik okeanining
shimol qismida keng tarqalgan.
Boltiq seldi yoki salaka kenja tur hisoblanadi atlantik okeani
seldining.