YODDA SAQLANG:
—
Har bir ish o’rni uchun alohida rezyume tuzilgani
yoki mavjud rezyume moslashtirilgani ma’qul� Bir
joyda sohangizdagi A qobiliyatga urg’u berilgan
bo’lsa, ikkinchisida boshqa ko’nikmali mutaxassis
qidirayotgan bo’lishlari mumkin�
—
Ism-familiyangiz ostida qaysi lavozimga nomzod
ekanligingizni yozing�
—
Zarurat bo’lmasa, fotosurat joylamang, agar
60
Qo’shimcha maslahatlar
joylasangiz, imkon qadar rasmiy uslubdagi suratni
tanlang�
—
Tajribani ko’rsatishda, oxirgi ishlagan ish
joyingizdan boshlab eng avvalgisiga qarab yozib
keting� Lavozim yo’nalishiga mos kelmaydigan ish
tajribasini yozishingiz shart emas�
—
Chet tillarini bilish darajasini ko’rsating� (B1, A2)
—
Qo’shimcha kurslarni faqat murojaat qilinayotgan
lavozimga mos bo’lsagina ko’rsating� (Mobil
dasturchi oshpazlik kursini tugatgani haqida yozishi
shart emas)�
—
Ish tajribasidan keyin ta’lim ma’lumotlarini
ko’rsatishingiz mumkin� Universitetlar va
ixtisosliklarni yozish yetarli� Universitet nomi
qisqartma bilan emas, balki to’liq yozilishi kerak� Ular
joylashgan mamlakat va shaharni ham ko’rsating�
—
Agar xorijiy ish beruvchiga murojaat qilayotgan
bo’lsangiz, fuqarolik va doimiy yashash joyi haqida
ham yozing�
61
Qo’shimcha maslahatlar
REZYUME TAYYORLASH UCHUN
FOYDALI PLATFORMALAR
Rezyume dizaynini yaratish uchun professional
dizaynerga murojaat qilishga hojat yo’q� Sizga,
ayniqsa, ish beruvchiga ma’qul keladigan dizaynni
maxsus platformalar orqali o’zingiz yaratib olishingiz
mumkin�
Headhunter.uz (hh.uz)
– ortiqcha bezaklarsiz, har
qanday vaziyatga mos keladigan va ma’lumotlarni
sodda ko’rinishda joylashga yordam beradigan
platforma� Sayt talabiga qarab ma’lumotlaringizni
to’ldirib boring va oxirida fayl ko’rinishida saqlab
oling�
Canva.com
– rezyume yaratish uchun ko’plab
namunalar va dizayn qoliplarini tanlash imkonini
beradi� Faqat formatni to’g’ri tanlang - bizga PDF
shaklidagi rezyumelar kerak�
Resume.com
– rezyume yaratish, yuklab olish va
62
Qo’shimcha maslahatlar
chop etish bepul bo’lgan platforma� Eng muhimi, bu
yerda saytga kiritgan ma’lumotlaringiz maxfiyligi
himoya qilinadi�
Google Docs
- qolgan instrumentlarga qaraganda
ishlatish uchun eng sodda, lekin o’ziga xos
ko’rinishdagi hujjatlar tuzish uchun mos onlayn
xizmat� Siz unda huddi Microsoft Wordda
ishlagandek matnlarni tahrirlashingiz, Google
Docsning turli qolip/namunalaridan foydalanib
rezyumengizni yanada chiroyli qilishingiz mumkin�
63
Qo’shimcha maslahatlar
Dostları ilə paylaş: |