Qadamda o’rganing mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix05.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#152536
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ideal-rezyume-formulasi

YODDA SAQLANG:

Har bir ish o’rni uchun alohida rezyume tuzilgani 
yoki mavjud rezyume moslashtirilgani ma’qul� Bir 
joyda sohangizdagi A qobiliyatga urg’u berilgan 
bo’lsa, ikkinchisida boshqa ko’nikmali mutaxassis 
qidirayotgan bo’lishlari mumkin�

Ism-familiyangiz ostida qaysi lavozimga nomzod 
ekanligingizni yozing�

Zarurat bo’lmasa, fotosurat joylamang, agar 


60
Qo’shimcha maslahatlar
joylasangiz, imkon qadar rasmiy uslubdagi suratni 
tanlang�

Tajribani ko’rsatishda, oxirgi ishlagan ish 
joyingizdan boshlab eng avvalgisiga qarab yozib 
keting� Lavozim yo’nalishiga mos kelmaydigan ish 
tajribasini yozishingiz shart emas�

Chet tillarini bilish darajasini ko’rsating� (B1, A2)

Qo’shimcha kurslarni faqat murojaat qilinayotgan 
lavozimga mos bo’lsagina ko’rsating� (Mobil 
dasturchi oshpazlik kursini tugatgani haqida yozishi 
shart emas)�

Ish tajribasidan keyin ta’lim ma’lumotlarini 
ko’rsatishingiz mumkin� Universitetlar va 
ixtisosliklarni yozish yetarli� Universitet nomi 
qisqartma bilan emas, balki to’liq yozilishi kerak� Ular 
joylashgan mamlakat va shaharni ham ko’rsating�

Agar xorijiy ish beruvchiga murojaat qilayotgan 
bo’lsangiz, fuqarolik va doimiy yashash joyi haqida 
ham yozing�


61
Qo’shimcha maslahatlar
REZYUME TAYYORLASH UCHUN 
FOYDALI PLATFORMALAR
Rezyume dizaynini yaratish uchun professional 
dizaynerga murojaat qilishga hojat yo’q� Sizga, 
ayniqsa, ish beruvchiga ma’qul keladigan dizaynni 
maxsus platformalar orqali o’zingiz yaratib olishingiz 
mumkin�
Headhunter.uz (hh.uz)
– ortiqcha bezaklarsiz, har 
qanday vaziyatga mos keladigan va ma’lumotlarni 
sodda ko’rinishda joylashga yordam beradigan 
platforma� Sayt talabiga qarab ma’lumotlaringizni 
to’ldirib boring va oxirida fayl ko’rinishida saqlab 
oling�
Canva.com
– rezyume yaratish uchun ko’plab 
namunalar va dizayn qoliplarini tanlash imkonini 
beradi� Faqat formatni to’g’ri tanlang - bizga PDF 
shaklidagi rezyumelar kerak�
Resume.com
– rezyume yaratish, yuklab olish va 


62
Qo’shimcha maslahatlar
chop etish bepul bo’lgan platforma� Eng muhimi, bu 
yerda saytga kiritgan ma’lumotlaringiz maxfiyligi 
himoya qilinadi�
Google Docs
- qolgan instrumentlarga qaraganda 
ishlatish uchun eng sodda, lekin o’ziga xos 
ko’rinishdagi hujjatlar tuzish uchun mos onlayn 
xizmat� Siz unda huddi Microsoft Wordda 
ishlagandek matnlarni tahrirlashingiz, Google 
Docsning turli qolip/namunalaridan foydalanib 
rezyumengizni yanada chiroyli qilishingiz mumkin�


63
Qo’shimcha maslahatlar

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin