REZYUMENI JO’NATISH HAM BIR
SAN’AT!
Rezyume tayyor, fayl to’g’ri saqlangan, xatolar ko’rib
chiqilgan, ana endi uni yuborish mumkin� Endi
rezyumeni e-mail orqali qanday jo’natish kerakligini
bilib oling:
Birinchi qoida – rezyumeni elektron pochta orqali
yuborayotganda, barcha hujjatlar bitta PDF
faylga joylanganligiga ishonch hosil qiling� Ishga
joylashish portali yoki korxonaning veb-sayti orqali
murojaat qilganingizda, rezyume, motivatsion xat va
sertifikatlar, portfolioni alohida-alohida xatlar bilan
yubormaslik lozim�
49
Rezyume tayyor. Endichi?
Ikkinchi qoida – mavzusiz xat yubormang� Mavzuda
nafaqat “rezyume” so’zini, balki siz nomzodingizni
ko’rsatayotgan lavozim nomini ham yozing� Ba’zi ish
e’lonlarida email mavzusida nima yozilishi kerakligi
alohida ta’kidlab o’tiladi� Unday holatlarda ish
beruvchi aytgan usulda yozing�
Uchinchi qoida – faylning umumiy hajmi 5 MB
dan oshmasligi kerak� Internetdan faylning
sifatini buzmasdan hajmini kichraytirib beradigan
servislarni topishingiz mumkin�
“FORWARD” QILMANG!
Shu oddiygina harakat sizni ish beruvchi qarshisida
ishga jiddiy yondashmaydigan, erinchoq yoki
hafsalasizlik bilan ish qidirayotgan tajribasiz
mutaxassisdek ko’rsatib qo’yishi mumkin� Bundan
tashqari, “forward” qilingan xabarlar texnik nosozlik
sababli yuborilmay qolish ehtimoli ham yuqori�
50
Rezyume tayyor. Endichi?
Shunday ekan, faylni “forward” qilmay, alohida
yuklashga erinmang!
REZYUMENI TELEGRAMDA QANDAY
YUBORILADI?
Ish e’lonida email emas, Telegram orqali aloqaga
chiqish so’ralgan bo’lsa, uning ham o’z qoidalari bor�
Biroz oldin aytilganidek xabar va rezyumeni forward
qilish - kechirib bo’lmas xato� Bu sizning korxonaga
nisbatan e’tiborsiz, juda yengil qarash bilan o’z
nomzodingizni qoldirganingizni bildiradi�
Telegramda korxona vakiliga yozganingizda
gaplaringizni to’liq bir xabarga sig’dirish tavsiya
qilinadi� Telegramda yozadigan xabaringiz muqova
xatining qisqartirilgan ko’rinishi, deb tushunilishi
ham mumkin�
51
Rezyume tayyor. Endichi?
Telegramdan yoziladigan xabarni quyidagi tarkibiy
qismlarga bo’la olamiz�
1� Salomlashish�
2� Qaysi ish e’loni bo’yicha yozilayotgani haqida
eslatma�
3� Nomzod haqida qisqa ma’lumot� Albatta, ish
e’loniga aloqador bo’lgan ma’lumotlar: tajriba,
texnologiyalar, e’londa so’ralgan talablarga qay
darajada mos kelish va hokazo�
4� Ish tajribangizni ko’rsatuvchi sahifalarga
havolalar� Masalan, GitHub, Dribbble yoki boshqa�
5� Rezyume ilova qilinayotgani haqida eslatma�
6� Xabarning oxirgi qismi�
Sanalgan ma’lumotlarni keyingi betdagi misolda
ko’ramiz�
52
Rezyume tayyor. Endichi?
“Assalomu alaykum� Ismim Falonchi Pistonchiyev� Ustoz-
shogird kanalidagi e’lon (frontend dasturchi) bo’yicha
yozyapman�
Yoshim Yda� N vaqtdan beri frontend dasturlash bilan
shug’ullanaman� A, B, C manbalar asosida o’rganganman�
Hozirgacha jami D ta saytni verstka qilganman� E’londa
aytilgan barcha texnologiyalar bo’yicha tajribam bor�
GitHub profilim: https://github�com/frontendtester/
Portfolio: frontendtester�uz
Quyida rezyumemni ilova qilyapman�
Nomzodim ish o’rni uchun mos keladi, degan
umiddaman�
Javob uchun oldindan rahmat�
[Keyingi xabarda “Rezyume - Falonchi Pistonchiyev�pdf”
ko’rinishida nomlangan rezyume yuborilgan bo’ladi�
53
Muqova xati
Dostları ilə paylaş: |