MUQOVA XATI
5-BO’LIM:
54
Muqova xati
MUQOVA XATI ESDAN CHIQMASIN
Muqova xati ish qidirayotgan nomzodlar uchun eng
yaxshi yordamchidir� Yaxshi yozilgan muqova xati
rezyumengiz ko’proq qiziqish bilan o’qilishiga sabab
bo’lishi mumkin� Raqobat kuchli bo’lgan bugungi
mehnat bozori sharoitida muqova xati sizning
xaloskoringiz bo’ladi�
MUQOVA XATINI TUZISHDA
NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?
Uni kimga yuborayotganingizga e’tibor bering�
Rezyumeni taqdim etayotgan korxonani
o’rganib chiqing� Bir korxona ijodiy va norasmiy
yondashuvni qadrlaydi, ikkinchisi esa izchillik va
jiddiylikni� Murojaat qilayotgan korxonangiz yoki
tashkilotingizning qadriyatlarini hisobga olgan holda
yozing�
Bu ish sizga nega kerakligini yozing� Nima uchun
ushbu korxonaga ishga kirmoqchisiz? Sizni bu
55
Muqova xati
qarorga nima olib keldi? Nima uchun sizga aynan
shu lavozim kerak? Sizning korxona uchun manfaatli
bo’ladigan qanday ustunliklaringiz bor?
Rezyumedagi noaniqliklarni muqova xatida ochiqlab
keting� Masalan, nega muayyan yillarda ishsiz
bo’lgansiz yoki nima uchun o’qishni tugatgach 4 oy
davomida ishlamadingiz�
Muhim:
Sabablar sifatida shaxsiy muammolaringizni
yozmang, masalan, “ota-onam qarshilik qilgan”, “adolatsiz
korxona siyosati sabab ishga joylasholmadim”, “ular
taklif qilgan maosh juda kam edi”, “turmush o’rtog’im
ruxsat bermadi” va hokazo� Muqova xatida negativ
ohang bo’lishi kerak emas� Buning o’rniga “o’z ustimda
ishlash uchun tanaffus qildim”, “oilamga g’amxo’rlik qilish
uchun vaqtincha boshqa ish bilan shug’ullandim”, “bola
parvarishi ta’tilida bo’ldim” kabi neytralroq sabablarni
keltiring� Lekin aldamang!
56
Muqova xati
Dostları ilə paylaş: |