MINIMALIZM BILAN DO’STLASHING
Matnni joylashtirishda ham, ranglardan
foydalanishda ham, shriftlarni qo’llashda ham
bu sizni chegaradan chiqib ketishdan saqlaydi�
Murakkab dizayn qoliplari, rang tanloviga uzoq
vaqt sarflab, oqibatda ko’zni toliqtirib qo’yadigan
manzarani hosil qilib qo’yishni istamasangiz,
minimalizmni mahkam ushlang!
42
Rezyume tayyor. Endichi?
REZYUME TAYYOR.
ENDICHI?
4-BO’LIM:
43
Rezyume tayyor. Endichi?
DOCX, PDF, JPG… SAQLASH UCHUN
QAYSI FORMAT YAXSHI?
Eng ko’p uchraydigan format – JPG va bu ma’qul
emas� Ish beruvchi sizning rezyume faylingizni
saqlashi, bazaga kiritishi yoki chop etishi uchun eng
qulay va sifatli format PDF hisoblanadi� Nega Docx
(word fayl) emas? Chunki Docx fayllari ochilganida
kichik ehtiyotsizlik sabab ularga o’zgarish
kiritilib qolishi mumkin� PDF fayllari esa, bunday
kamchilikdan holi�
Ayrim hollarda rezyumelarda animatsiyalar ham
qo’llanilishi kuzatiladi� Agar siz aynan shu yo’nalish
mutaxassisi bo’lmasangiz va rezyumeni sayt
ko’rinishida taqdim etmayotgan bo’lsangiz, dizaynda
bunday murakkab usullardan foydalanish tavsiya
etilmaydi�
Yana ta’kidlaymiz, rezyume o’qish, saqlab olish va
chop etish uchun qulay bo’lishi shart!
44
Rezyume tayyor. Endichi?
ANIQ NOM BILAN SAQLANG!
Tayyor faylni saqlab qo’yishda uni shunchaki
“Rezyume” deb emas, balki ism-familiyangiz va
yo’nalishingizni ko’rsatgan holda saqlang� Masalan:
Dildora_Aliyeva_dizaynerCV kabi�
Siz yuborgan fayl nomi “Resume (1)” yoki “April 8,
2023� Generated resume” kabi ko’rinishda saqlanishi
noprofessional holat deb qaraladi� Odatda bunday
rezyumelar ochib ko’rilmasidanoq, ularning egalari
nomzodlar ro’yxatidan chiqarib yuboriladi�
Eng yaxshi vaziyatda ham, ish beruvchi bir ish o’rni
uchun bir nechta nomzodlarning hujjatlarini ko’rib
chiqadi� Agar faylda sizning ismingiz yozilmagan
bo’lsa, hujjatlar ichidan siznikini topib olishning
o’ziga ancha-muncha vaqt ketib qolishi turgan gap�
Ish beruvchining shusiz ham murakkab hayotini
battar stressga to’ldirmang, 30 soniya vaqt ajratib,
faylni aniq nomlab qo’ying�
45
Rezyume tayyor. Endichi?
Dostları ilə paylaş: |