5. Investitsion faoliyatda mavjud risklar haqida tushuncha va unga noqulay
omillarning ta’siri.
8
Приказ Министерства Финансов Республики Узбекистан, зарегистрирован №1565 от 22.04.2006 «Об
утверждении положения о порядке определения предельно допустимого размера обязательств по
отдельным рискам, свокупного размера обязательств и нормативов платежеспособности страховщиков»
Har qanday investitsion loyixani amalga oshirishda asosiy risk sifatida
xizmatlar bozorda kuchli raqobatchining bo’lishidir. Umuman olganda kompaniya
uchun quyidagi turdagi risklar mavjud bo’lib ular loyixani amaliyotga joriy
etishda o’z ta’sir doiralarini o’tkazishlari mumkin.
Siyosiy risklar –bu turdagi risklar davlatdagi siyosiy jarayon bilan bevosita
bog’liq bo’lib o’z ichiga quyidagilarni oladi;
2.
xarbiy xarakatlar natijasida faoliyat ko’rsata olmaslik;
3.
kutilmagan xodisalarning ro’y berishi natijasida vaqtinchalik faoliyatni
yurita olmaslik.
4.
soliq qonunchiligida o’zgarishlar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy axvolning tinchligiga qaramasdan
ko’rinishdagi risklar davlatimizga chegaradosh bo’lgan davlatlardagi notinch axvol
sababli mavjud bo’lib qoldi.
Risk darajasini kamaytirish tadbirlari.
davlat organlari bilan kompaniya aktsiyadorlari o’rtasidagi aloqani
mustaxkamlash.
ishbilarmon muxitini yaratishuqiy risklar – bu risklar qonunchilik bazasining
nomukammalligi, xujjatlarni to’g’ri tuzish, rasmiylashtirilmasligi bilan bevosita
bog’liq.
O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun barcha qonunchilik
bazasi mukammal ishlab chiqilganligiga qaramasdan bu turdagi riskni inobatga
olmaslik mumkin emas. Buning asosiy sababi byurokratiyaning mavjudligi.
Ammo kompaniya faoliyatini Davlat qo’llab quvvatlayotgani bu turdagi risk
darajasini pasayishiga olib keladi.
Risk darajasini kamaytirish chora tadbirlari bo’lib;
xujjatlarni aniq shakllarini yuritish;
xujjatlarni rasmiylashtirishda bu soxa mutaxasislarini jalb etish;
yukori malakali yurist va tarjimonlar uchun qo’yshimcha moliyaviy
resurslarni ajratish.
Texnik risklar - bu turdagi risklar ishlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar
va texnik loyixaning mavjud emasligidan vujudga keladi.
Asbob uskunalarga tender e’lon qilingandan boshlab, tovar etkazib
beruvchining texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha yuqori malakali mutaxasislar
mavjudligiga xam inobatga olinadi. Bu sezilarli ravishda texnik risk darajasini
kamaytirishga xizmat qilishi mumkin. Ishlab chiqarish riski – bu turdagi risk taklif
etilayotgan xizmatning sifati pastligi, yuqori malakali mutaxasislarning mavjud
emasligi bo’lishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, kompaniya loyixasini
amaliyotga joriy etish uchun etarli darajada yuqori malakali mutaxasislarga ega
bo’lsa, bu turdagi risk darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Riskni kamaytirish darajasini bo’yicha chora tadbirlari:
1.
Loyixani amalga oshirishda aniq qalendar rejalashtirish va boshqarishni
yo’lga qo’yish;
2.
Taklif etilayotgan xizmatlar ustidan doimiy nazoratni o’rnatish;
3.
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlab borish.
Ekologik risklar – bu turdagi risklar atrof muxitni ifloslanishi, atmosfera va
suvga xar xil chiqindilarning chiqishi natijasida yuzaga keladi. Biz
shug’urlanayotgan soxa uchun bu turdagi risk darajasi ancha pastdir. Marketing
riski – bu turdagi risklar bozorni yaxshi o’rganilmaganligi, baxo siyosatining
to’g’ri yuritilmaganligi marketing strategiyasini noto’g’ri ekanlaganligi bilan
bog’liq.
Risk darajasini kamaytirish;
1.
Kuchli marketing xizmatini joriy etish;
2.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish;
3.
Marketing tadqiqotlarini o’tkazish;
4.
Egiluvchan tarif siyosatini ishlab chiqish.
Moliyaviy risklar – bu turdagi risklar moliyaviy natijalarini yo’qotilgan,
istemolchining
to’lovga
layoqatsizligidan,
talabning
qatiyemasligidan,
raqobatchilar tomonidan narxni kamaytirishlar, oborot mabag’larining
etishmasligini kelib chiqishni mumkin.
Riskni darajasini kamaytirish chora-tadbirlari.
1.
Istemolchilar talabini o’rganish;
2.
Sifat ustida to’liq nazoratni o’rnatish;
3.
Investitsion va kredit resurslarini yangi yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha
chora-tadbirlarni ko’rish;
4.
Investitsion – moliyaviy strategiyani ishlab chiqarish.
Tabiiy risklar – bu turdagi risklar tabiatda xar xil baxtsiz xodisalarning ro’y
berishi, er qimirlashi, suv toshishi sel kelishi, yong’in chiqishi, epidemiya
tarqalishi bilan bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan
«Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonunida investitsiya faoliyati xamda
investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish tartiblari ko’rsatib o’tilgan. Ushbu
qonunning 4-moddasida investitsiyalarni amalga oshirish shakllari xaqida to’xtalib
o’tilgan, ya’ni investorlar investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari
mumkin:
- yuridik shaxs tuzish yoi ularning ustav jamg’armalarida (kapitallarida) ulushli
ishtirok etish, jumladan mol-mulkni yoki aktsiyalarni olish;
- qimmatli qog’ozlar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari
tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- kontsessiyalari, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib
olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalarni olish;
- mulk xuquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda
savdo va xizmat ko’rsatish soxalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk xuquqini,
shuningdek erga xamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan
foydalanish xuquqini qonun xujjatlariga muvofiq olish.
Investorlar investitsiyalarni qonun xujjatlariga zid bo’lmagan boshqa
shakllarda xam amalga oshirishlari mumkin.
Investor investitsiyalash maqsadi, yo’nalishi, turi va xajmini mustaqil
ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida,
tanlov savdosini o’tkazish yo’li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya
faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi.
Agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, investor,
o’ziga zarur bo’lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o’zaro kelishuv
asosida belgilanadigan shartlarda xajmi va nomenlaturasini cheklamagan tarzda
olishga xaqli.
Investor qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xuquqlarga xam ega
bo’lishi mumin.
Qonunning 14-moddasiga asosan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- investitsiya faoliyatining qonunchili negizi takomillashtirish;
- soliq to’lovchilar va soliq solish ob’ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir
imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo’llash;
- asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
- normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
- monopoliyaga qarshi choralarni qo’llash;
- kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o’tkazish;
- erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish
shartlarini belgilash;
- investitsiya loyixalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
- O’zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ivestitsiya
loyixalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
- investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun xujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa shakllarda xam amalga oshiriladi.
2002 yilning 5 aperldagi Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining VIII-sessiyasida qabul qilingan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi
qonunning 6-moddasida - sug’urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartib va shartlarda investitsiya faoliyati bilan shug’ullanishlariga
ruxsat berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yilning 28
iyunida 66-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi xududida
sug’urta tashkilotlarining zaxiralarini joylashtirish to’g’risidagi vaqtinchalik
nizomi”ni 952-raqam bilan davlat ro’yxatiga olingan edi. Ushbu nizom 2000 yilning
5 avgustidan yuridik kuchga kiritilgan bo’lib 2005 yil 31 deabrgacha amal qildi.
Bu nizomning o’z kuchini yo’qotish Moliya Vazirligi tomonidan zamon
talablariga javob beradigan, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xolda
yangi nizomni ishlab chiqilishini talab etdi. 2006 yilda sug’urta kompaniyalarining
o’z rezervlarini tashkil etish va investitsiyalash, kompaniyalarning tshlov
qobiliyatini aniqlash bo’yicha ikkita nizom qabul qilindi:
- O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006
yil 22 aperlda №1565-raqam bilan davlat ro’yxatidan o’tgan “Aloxida sug’urta
tavakkalchiliklari bo’yicha majburiyatlar, jami majburiyatlarning yo’l qo’yiladigan
eng ko’p xajmini va sug’urtalovchilarning to’lov qobiliyati me’yorlarini aniqlash
tartibi to’g’risida nizom”, 2006 yil 2 maydan kuchga kirgan;
- O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006
yil 6 mayda №1571-raqam bilan davlat ro’yxatidan o’tgan “Sug’urtalovchilar
tomonidan sug’urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va shartlari
to’g’risida nizom”, 2006 yil 16 maydan kuchga kirgan.
Ushbu nizomda sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati davlat
tomonidan tartibga solingan. Jumladan, unda Respublika iqtisodiyotida ustav va
sug’urta mablag’lari qismini investitsiyalash qonunchilik yo’li bilan belgilanishi va
quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasi sug’urta kompaniyalari yuqoridagi №1565 nizomga
o’z mablag’larini diversifikatsiya, qaytuvchanlik. Foydalilik va likvidlilik
printsiplari asosida joylashtiradilar.
2006 iyil 22 aprelda qabul qilingan №1565 nizom sug’urta kompaniyalari
tomonidan
olinishi
mumkin
bo’lgan
majburiyatlarining
chegaralari,
sug’urtalovchilarning to’lov qobiliyati masalalarini o’z ichiga qamrab olgan. Ushbu
nizomda keltirilgan ayrim muxim masalalarga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq
xisoblanadi.
Nizomga ko’ra aloxida sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi
majburiyatlarining yo’l qo’yiladigan eng ko’p xajmi o’z mablag’lari va sug’urta
zaxiralarining 10%dan oshmasligi lozim. Sug’urtalovchi ushbu me’yordan ortiq
majburiyatni, qabul qilingan majburiyat bo’yicha ortiqcha tavakkalchilikni mazur
Nizomga muvofiq ravishda qayta sug’urtalangan xolda qabul qilishi mumkin.
Aloxida tavakkalchilik bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlari to’langan
sug’urta muofotiga proportsional tarzda aniqlanadi, agarda sug’urta shartnomasida
aloxida tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlari xajmi
ko’rsatilmagan bo’lgan taqdirda.
Mazkur Nizom maqsadida sug’urtalovchining jami majburiyatlari deganda
biz, 5 ta eng katta tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchi majburiyatlarining eng
ko’p xajmi tushiniladi. Umumiy sug’urta tarmog’ida sug’urtalovchining jami
majburiyatlari xajmi o’zlik mablag’lari miqdorining ikki barobaridan oshmasligi
shart.
Sug’urtalovchining to’lov qobiliyatini aniqlash uchun oxirgi xisobt sanasiga
sug’urtalovchining balans ma’lumotlari, shuningdek, xisob-kitob asosida
aniqlanadigan ma’lumotlardan foydalaniladi. Sug’urtalovchining to’lov qobiliyati
ko’rsatkichi mazkur Nizom asosida o’rnatilgan sug’urtalovchi tomonidan qabul
qilingan majburiyatlar va likvidligi xisobiga olingan aktivlar o’rtasidagi nisbat
me’yorlarining bajarilishi xisoblanadi. To’lov qobiliyatini sug’urta faoliyati
xajmlariga muvofiq ravishda ta’minlash uchun sug’urtalovchilar yo’l qo’yiladigan
aktivlarning xaqiqiy xajmi darajasini belgilangan tartibda muvofiqlashtirib borishi
zarur.
Respublika sug’urta kompaniyalarida sug’urta zaxiralarni shakllantirish
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, 2006 yil 6
mayda №1571-raqam bilan davlat ro’yxatidan o’tgan « Sug’urtalovchilar
tomonidan sug’urta zaxiralarini shakllantirish xamda joylashtirish tartibi va
shartlari to’g’risida nizomi»ga asosan amalga oshiriladi.
Sug’urta zaxiralarining shakllanishi bo’yicha quyidagi qonun-qoidalar
mavjud:
- xamma zaxiralar maxsus xisob-kitoblar asosida shakllanadi;
- zaxiralar sug’urta olib borayotgan valyutada shakllanadi;
- sug’urta zaxiralari xar bir aniq to’lash muddatiga shakllanadi;
- zaxiralar faqat sug’urta shartnomasi bo’yicha emas, qayta
sug’urtalashda qabul qilingan shartnomalar bo’yicha xam shakllanishi mumkin.
Sug’urtalovchilar o’ziga qabul qilgan sug’urta majburiyatlarini bajarish uchun
yig’ilgan sug’urta mukofotlaridan kelgusida sug’urta to’lovlari uchun barcha
sug’urta turlari bo’yicha kerakli sug’urta zaxiralarini shakllantirishadi. Sug’urta
zaxiralari sug’urtalovchining sug’urtalanovchilar bilan tuzgan sug’urta
shartnomalari bo’yicha shu vaqtdagi bajarilmagan majburiyatlarining xajmini
ko’rsatib turadi.
Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug’urta zaxiralarining shakllanishi
texnikasiga ko’ra, sug’urta qiluvchi bo’yniga olgan xar bir majburiyat turi
sug’urta zaxirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Xayot sug’urtasi
bo’yicha amaldagi shartnomalar sharoitiga bog’liq xolda matematik zaxiralar,
yillik renta zaxiralari, fond zaxiralari va ishtirok etish zaxiralari shakllanadi.
Sug’urtaning boshqa turlari bo’yicha -mukofot zaxiralari va zarar zaxiralari
shakllanadi. Sug’urta zaxiralari xajmi amaldagi shartnoma bo’yicha to’lanishi
kerak bo’lgan summani butun xolda qoplashi zarur. Shuning uchun ularning
xajmini aniqlash uchun sug’urta qiluvchining operatsiyalarini chuqur taxlili va
matematik xisob kitoblar zarur.
Texnik mablag’lar sug’urta qiluvchi tomonidan aloxida sug’urta shartnomasi
va butun sug’urta portfeli bo’yicha bir muddatga xisob-kitob qilingan sug’urta
to’lovlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo’lgan mablag’lar
yig’indisi. Ular sug’urta zaxiralarining qismi bo’lib xayot sug’urtasidan tashqari
sug’urta turlari buyicha xisob-kitob qilinadi.
«Sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta zaxiralarini shakllantirish
xamda joylashtirish tartibi va shartlari to’g’risida nizomi»ga muvofiq
sug’urtalovchi o’zining balansida majburiyat yoki aktiv(sharoitdan kelib chiqib)
sifatida aks ettiriladigan quyidagi texnik zaxiralarni shakllantirishga majburdir:
3.
ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi (umumiy sug’urta soxasida
faoliyat amalga
oshirilganda);
mukofotlar zaxirasi (xayot sug’urtasi soxasida faoliyat amalga oshirilganda);
- zararlar zaxirasi. Sug’urta xodisasi oqibatida yuzaga kelgan va
sug’urta shartnomasining shartlari bo’yicha qoplanishi lozim bo’lgan zararlar
xajmiga muvofiq ravishda aniqlanadi va quyidagilardan tashkil topadi:
xabar qilingan lekin, bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi;
sodir bo’lgan lekin, xabar qilinmgan zararlar zaxirasi;
Sug’urtalovchi Davsug’urtanazorat bilan kelishgan xolda qo’shimcha ravishda,
quyidagi zaxiralarni tashkil etishi mumkin:
oldini-olish chora-tadbirlari zaxirasi;
xalokatlar zaxirasi;
zararlilikning tebranishi zaxirasi ;
aktivlarning nomuvofiqlik zaxirasi ;
boshqa zaxira turlari.
Investitsilarni ularni turli xil belgilari bo’yicha turkumlash yoki tasniflash
mumkin. Ularni tasniflashda turli maqsadlar qo’yiladi. Masalan, investitsiyalarni
kelajak natijalarini baholashda, ular bo’yicha kutiladigan samaralarni aniqlashda,
ularni ishlab chiqarishda ishtirokida, ularni soha va yo’nalishlarini aniqlashda va.
h.k. shunga o’xshash belgilari bo’yicha ularni batafsil turkimini belgilash amalda
qo’laniladi.
Ko’pgina hollarda investitsiyalar quydagi tasnifiy belgilar bo’yicha
turkumlanadi.
3.
Investitsiyalarni kiritish ob’ektlari bo’yicha.
4.
Investitsiyalarni band qilish muddatlari bo’yicha.
5.
Real sektorni qayta ishlab chiqarish bo’yicha.
6.
Investitsiyalarni yakuniy natijalari bo’yicha.
7.
Mulkchilik shakillari bo’yicha.
8.
Maqsadlar bo’yicha.
9.
Risklar darajalari bo’yicha.
10.
Investitsiyalarni kiritish sub’ektlari bo’yicha.
11.
Moliyaviy vositalar turlari bo’yicha.
12.
Moliyaviy ta’minlash jihatlari bo’yicha.
13.
Moliyalashtirish manbalari, usullari va mexanizmlari bo’yicha.
14.
Moliyalashtirish manbalari , mexanizmlari va usullari bo’yicha.
15.
Investitsiya jarayonini ishtirokchilari va ularni hissalari bo’yicha investitsiyalar
tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: |