128
organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z
vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish
maqsadida 2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili
(Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan
korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan,
bugungi kunda:
-
Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat
yuritmoqda;
-
fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha
hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to‘g‘risidagi murojaatlari tahlil
qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama
qilinadi;
-
Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar
uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirish, xizmat
vazifasiga qo‘yiladigan asosiy majburiyatlar, ta’qiqlar, cheklovlar, talablar va
idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay
tushuntiriladi;
-
Vakilga korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, 2020-yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman
tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019-yil - 21 ta). Ushbu
murojaatlardan 2 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi
sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har yili
e’lon qilib boriladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 180 ta
davlat orasida 2017-yilda 157-o‘rin, 2018-yilda esa 158-o‘rinni egallagan bo‘lsa,
2019-yilda 25 ball bilan 153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu
turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: