O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Eng yangi tarix kitob


KIRISH 
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy 
ta’siri bo ‘Imaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o 
‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va ma’naviyatiga ega, 
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida 
mustaqillik davri tom ma’noda ma’naviy yangilanish jabhasini boshlab berdi. 
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan 
keng qamrovli islohotlar, ma’naviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda 
milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi. 
Globallashuv asri bo‘lmish - XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy 
qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot mezonini 
belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan 
izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi ma’naviy tahdidlar, 
“ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, 
ta’lim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘layotgan asr 
hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu masalaga global tarzda 
yondashib, o‘zining BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan 
72-sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan avlodni, avvalo, ma’rifiy 
savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u berdi. 
Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘sib kelayotgan avlodning ongi va 
tafakkurini salbiy illatlardan himoya qilish ma’nosida ularda ma’naviy immunitetni 
hosil qilish, yoshlarning ongiga ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan azaliy 
qadriyatlar - ezgulik, odamiylik, bag‘rikenglik, mehr-muhabbat, vatanparvarlik, 
yurtga sadoqat ruhini singdirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Aynan Vatan 
tarixini anglash orqali o‘sib kelayotgan avlod nafaqat shonli o‘tmish tarixini, balki 
istiqlolning tom mazmunini, uning mamlakatimiz istiqboliga qaratilgan siyosati 
mohiyatini yanada teran tushunib yetadilar. 
Mustaqillikning o‘tgan yillarida respublika tarixchi olimlari tomonidan katta 
ahamiyatga molik, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari amalga 
oshirildi, qator o‘quv adabiyotlari, darslik, qo‘llanma, monografiyalar chop etildi. 
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ham xalqimiz tarixini xolis va ilmiy asosda 
o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Xususan, mustaqillikning o‘tgan o‘ttiz yillik 
davri tarixining turli qirralari ko‘plab olimlar, izlanuvchilar uchun tadqiqot ob’yekti 
bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘z rivojlanishining yangi, zamonaviy 
jabhasida Harakatlar strategiyasida - Taraqqiyot strategiyasida belgilangan 
vazifalarni amaliy hayotga tadbiq etishni maqsad qilib olgan holda yosh avlodni 
tarixiy o‘tmishga ulkan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash masalasini ustuvor 



vazifa sifatida belgilab oldi. 
Shubhasiz, yangi avlod adabiyotlari ham yuqorida ta’kidlangan 
mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi, ta’lim 
tizimining sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga, avvalo, ilm-fan yangiliklari, 
innovatsiyalarni jo etish lozim. 
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalar uchun 
havola etilayotgan mazkur darslik yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni o‘zida 
jam etgan. Darslikni tayyorlash jarayonida qator materiallar, xususan, tarixiy 
adabiyotlar va arxiv hujjatlari, mustaqillik davriga oid amalga oshirilgan tadqiqot 
natijalari: 
dissertatsiyalar, monografiyalar, risolalar, darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalari, hujjat va materiallardan keng foydalanilgan. 
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarining barcha 
ta’lim yo‘nalishlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani asosiy fanlardan biri 
sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Shu munosabat bilan bu fanni o‘qitish yuzasidan o‘quv 
dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod o‘quv adabiyotlari nashr etila boshladi. Ushbu 
darslikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy- siyosiy 
jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy 
ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, respublikada 
demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy
islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor 
munosabatlarining rivojlanishi, ma’naviy va madaniy hamda ta’lim sohasida amalga 
oshirilgan 
islohotlar, 
mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi 
o‘zgarishlar, 
O‘zbekistonning 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib 
borishi kabi masalalar yoritib berilgan. 
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi 
avlodini yaratish konsepsiyasi”da ilgari surilgan talablarga mos ravishda 
tayyorlangan. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
nomutaxassis fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan hamda 
shu yo‘nalishda tasdiqlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” namunaviy dasturi 
asosida yoritilgan. 
Har bir mavzu so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, tayanch 
tushunchalar, savol va topshiriqlar berilgan. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr- 
mulohazalar O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi” kafedrasi mualliflari jamoasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul 
qilinadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin