sifat o‘zgarishlariga o‘tishi, inkomi inkor etish qonunlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bola taraqqiyoti ham qarama - qarshiliklar birligi va kurashi, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari o‘rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogika va bolalar psixologiyasi. Pedagogika — ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ulaming shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o ‘rnini ochib beradi. Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi hamkorligi chuqur tarixga ega. 0 ‘z davrida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chiqish uchun inson haqidagi barcha fanlarning yutuqlariga tayanishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markaziy o‘rin egallashini ta’kidlagan edi.Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalami hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim - tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida o‘yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi. Tibbiyot va bolalar psixologiyasi. Tibbiyot — inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklaming oldini olish va ulami davolash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning o‘zaro hamkorligi natijasida psixosomatika — psixologik omillaming salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o ‘rganadi. Bolalarda uchraydigan ko‘pgina www.ziyouz.com kutubxonasi