Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
kundalik hayot bilan bog‘liq konkret muammolami hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta sirisiz ham ilmiy metod o ‘z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning ajralmas qismi b o iib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda qo‘llanayotgan metodlarning ish onchliligi, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bular asosiy rolni o ‘ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlami egallabgina haqiqiy professional mutaxassis-psixolog, tarbiyachi bo‘lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o‘rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlami amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengayadi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo‘nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o‘rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug‘ulangan asosiy psixologik maktablar va yo‘nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o‘rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlami ishlab chiqishni anglatadi. 2.1. Bola psbdkasini o‘rganish printsiplari Bola psixikasini o‘iganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar — qoidalaiga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat: