Bu aqidalarda Yahudiylaming o ’z milliy dinlarida mustahkam
turishlariga da’vat qilish ham ko’zda tutilgan edi.
4-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.
Tavrot rivoyatlariga ko’ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz
narsalami olti kunda yo ’qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam
va Eva (erkak va ayol) odamlami ham loydan yaratib o ’z ruhidan jon ato
etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So’ngra ular shaytonning
gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ulami
jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo’lgani
uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug’ma gunohkor bo’ladilar,
cho’qintirish marosimi o ’tkazilib boladagi tug’ma gunoh yuvib
yuboriladi, degan tasavvurlar iudaizmda keng tarqalgan, keyin bu
tasavvurlar xristianlarga ham o’tib qolgan.
Iudaizmda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o ’z diniy
ibodatxonlarini “studiya”lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot,
pand-nasihatlami o ’qib o ’rganadilar.
Iudaizmdagi rasm-rusumlaming tartiblari, ijozat va taqiqlar,
grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko ’rsatmalar, asosan, Talmud
to ’plamida bayon qilingan. Unda 613 ta toat-ibodat, urf-odatlar
ko’rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro’za tutish tartiblari, janoza,
dafn
qilish,
marhumning
xotirasiga
bag’ishlangan
marosimlar,
chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi
udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon
qilingan.
Masalan, ro’za tutgan yahudiy tuxum, sut, go ’sht iste’mol
qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha
soqollarini oldirmaydi. Zino yo’liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy
jamoadan haydaladi.
Dostları ilə paylaş: