Birinchidan,
a w a l
biror millatning
davlati
olib
borgan
bosqinchilik (ko’pincha bu urushlar din y o’lidagi muqaddas jihod urushi
deb hisoblangan) urushlarida bosib olingan xalqlarga majburan o ’sha
dinni qabul qildirish orqali jahonga tarqalgan.
Ikkinchidan,
jahon dinlari ayrim xalqlar messionerlar tashviqoti,
shu dinning o ’sha xalqlarga m a’qul bo ’lganligi oqibatida ixtiyoriy
ravishda qabul qilganligi uchun shakllan-gan. Rossiya xalqlari 988-yilda
Vizantiya davlatidan xris-tianlikni ixtiyoriy ravishda qabul qilgan.
Boshqirdlar ham islomni ixtiyoriy qabul qilganlar. Hozirgi davrda
Yaponiyada islom dini ixtiyoriy tarqalmoqda.
Jahon dinlarining har biri o ’z hududlarida madaniyatga ijobiy,
ayrim san’at turlariga esa salbiy ( masalan, fanga, islom esa
haykaltoroshlik, jonli narsalaming rasmini olishga qarshi kurashdi) ta’sir
qildi. Umuman dinning m a’naviy va moddiy madaniyatning ajralmas
qismi bo’lib qolishi jahon dinlari davrida yaqqol sezildi.
Jahon dinlari xalqlami bir-biriga yaqinlashtirdi, savdo ishlarini
kuchaytirdi (masalan Buyuk ipak yo’li), nisbatan tinchlik o ’matdi,
o ’zaro urushlami kamaytirdi, ko’pgina xalqlami birlashtirdi. Bu jahon
dinlaridagi ijobiy xususiyatlardir.
Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI
asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot
etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga
kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.
Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda lm lr 400
mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e ’tiqod qiladi. Hozirgi
vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq
mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm
Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-
Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya
buddizmga "ustuvor maqom" beradi4.
4 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D1%83%D0%B4%D0%B4%D0%B8%D0%B7%D0%BC
47
Gautama haqida aniq m a’lumotlar yo’q. Rivoyatlarga ko ’ra, u hind
qabilasi hukmronlaridan birining o ’g ’li b o ’lgan va zurriyodsiz malika
Mayya g ’oyibdan homilador bo ’lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama
tug’ilishida m o”jiza ro ’y bergan. Tabi-iy hodisalar - er qimirlashi,
chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldirashidan tashqari, chaqaloq
tug’ilgan zahoti etti qadam qo’ygan va gapira boshlagan.
Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab
sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o ’rta va quyi tabaqalarga
ajratilib,
oliyga
-
braxmanlar,
harbiylar,
o ’rta
tabaqalarga
-
hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar, eng quyi tabaqaga esa qora xalq,
xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining hayoti nihoyatda og ’ir
edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka ham erishish
huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo’ldi.
Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past toifalarga ajratish
mavjud bo’lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va
g ’oyaviy quroli edi.
Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai tripitaka (lug’aviy
m a’nosi “uch savat” donolik) deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan.
Diniy ta ’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan, deb tasaw ur
etiladi. Birinchi savat -Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik
jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari, pand-nasihatlar, ahloq normalari
bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib, unda duolar, dostonlar,
afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-Pitaka bo’lib, diniy
falsafiy-ahloqiy g ’oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik, hamma
48
narsaning asosida bilib bo ’lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real
mavjud emas, u faqat kishilaming xayolida, bilib bo ’lmaydigan ruhning
namo-yon bo’lishida, deb ta’lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana
ta’limoti “muqaddas haqiqat” deb ataladi. Unga ko’ra: 1) hayot va
turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilaming istaklari va nafslarida;
2) azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o ’zlarining istak va nafslarini
tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur.
Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning
barcha ko ’rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob-
uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani
borliqning intihosi, deb ham tushunadi.
Buddaviylik ta ’limotiga ko’ra, jonli mavjudotlaming o ’lishi uni
tashkil
etgan dharma (element,
zarracha)laming
ajralib ketish
jarayonidir. Bu dharmalaming yangidan birikishi ilgari qilingan «savob
va gunoh»lar bilan bog’liq deyilgan. Dharma Nirvana darajasiga
etgandagina qayta tug’ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan
butunlay xalos bo’ladi.
3)
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra
azob-uqubatlardan xalos
b o’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa)
o ’tish hisoblanadi. Odam joni-ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq
sokinlik olami bo’lgan Nirvanaga dohil bo ’ladi.
4) Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda avvalroq
vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan
b o’lmish Xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida
muhim rol o ’ynamoqda.
Rohiblar buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro’
va hurmatga sazovor bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish
zarur, deb hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo’ldi.
Bulardan eng yirigi I asrda ajralgan Hinoyana (Kichik arava - tor y o’l
m a’nosida) Shri-Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarkalgan.
Mahayana (Katta arava - keng yo ’l m a’nosida) Tibet, Yaponiya,
M o’g ’uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi b a’zi xalqlar
o ’rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va M o’g ’ulistonda ham
tarqalgan bo’lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning
49
|