ko’tarila olmaydi. Agar insonning budda ta’limotiga zid ishlari ko’payib
ketsa, xirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday
odamning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan keyin er ostidagi do’zaxga
tushadi va unda abadiy azoblanadi. Buddaviylikda qayta tug’ilish
deganda yangidan paydo bo’lish tushunilmaydi, balki ilgari o ’lgan
odamlaming jismidan tarqalgan dharmalaming yangi asosda birlashib,
kelajak avlodga o’tishi tushuniladi. Shuning uchun, budda dini inson
kelajak avlodi uchun ham javobgar deb hisoblaydi.
50
Hindistonda
quldorlik
barham
topishi
bilan
buddaviylik
braxmanizmga tobora yaqinlashib bordi, keyinchalik hinduizmga
qo’shilib ketdi. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o ’z ta’sirini
deyarli yo’qotdi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda buddaviylikning yopilishi
Kushonlar saltanati ravnaq topgan davrlar (er.av.II asr. yangi er. I
asrlari) bilan bog’liq. U hozirgi Markaziy Osiyo, A fg’oniston, Pokiston,
Shimoliy Hindiston va Sintszyan hududlarini o ’z ichiga oladi. Kushonlar
davrida buddaviylik Hindistondan Markaziyo Osiyoga, bu erdan esa
Buyuk ipak yo’li orqali Uzoq Sharqqa yoyilgan. Buddaviylikni Hind
savdogarlari, sayyohlari, missionerlari dunyoga tarqatganlar.
Lamaizm (tibet tilida lama-oliy samoviy, degan m a’noga ega
b o’lib, zohidlami shunday deb ataladi) VII-XIV asrlarda tarkib topgan.
Tibetda buddaviylikning Mahayana y o ’nalishidagi oqimi b o ’lib, u
erda huknaron din b o ’lib kelgan. XVI asming oxirlaridan boshlab
lamaizm M o’g ’ulistonda, XVIII asming boshidan esa Buryatistonda
keng tarqalgan. 1741 yilda barcha lamalar Rossiyaga sodiq fuqaro bo’lib
qolishga qasam ichadilar va o ’z diniy ta’limotini targ’ib qilishga rasmiy
ijozat oladilar. Dastlabki lamalar XVII asr o ’rtalarida Jungoriyadan
Rossiyaga ko’chib kelgan qalmiq qabilalar bilan birga kelganlar va
Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar.
Qalmig’iston, Buryatiston
ruhoniylaridan Tuva ruhoniylari -lamalari VII asrlaridayoq payd
bo’lganligi bilan farq qiladi. Biroq tuvaliklar lamaizmni ulam ing azaliy
dini bo’lgan shomonizm bilan qismangina qo’shishgan xolos. Lamaizm
ta ’limotida 7 ta asosiy aqida bor.
Birinchi aqida: burxonlar to ’g ’risidagi ta ’limot. Lamaistlaming
xudolari va surati burxonlar atamasi bila ataladi.
Ikkinchi
aqida:
muqaddas
kitoblar
to ’g ’risidagi
ta ’li-mot.
Lamachilar ikkita to ’plam kitobni «muqaddas» bilib e’zozlaydilar.
Ulaming birinchisi Ganjur (tibetcha-vahiy-lar) 108 jildli va ikkinchisi
Danjur (tibetcha-sharhlar) 225 jildli. XIV asrda tibet tilida yozilgan bu
matnlar Tripitakadan qilingan tarjimalami ham, lamachi ruhoniylar
yaratgan asarlami ham o ’z ichiga oladi.
51
Uchinchi aqida - eng mayda, g ’ayritabiiy o ’lmas zarralar bo’lmish
draxmalaming birikishidan iborat jon to’g ’risidagi ta’limot.
T o’rtinchi aqida - dunyoning manzarasi to’g ’risidagi, narigi
dunyodagi hayot to’g ’risidagi ta’limotdir. Lamaizm ta’limotiga ko’ra,
narigi dunyo ikki bosqichga bo’linadi: sansara - kishi joni o ’zgarib
turadigan cheksiz zanjir. Nirvana - bunda ayniqsa, taqvodor joni orom
topadi.
Beshinchi aqida - dindorlar bilan burxonlar o ’rtasidagi zarur
vositachi sifatidagi lolalar to’g ’risidagi ta’limot. Bularning ko’plari jonli
xudolar yoki xubliganlar - boshqacha shaklda gavdalanuvchilar deb
qaraladi.
Oltinchi aqida - muqaddas urush to ’g ’risida bo’lib, bu urush
oqibatida buddist bo’lmagan kishilaming hammasi yo’q qilinishi kerak.
Ettinchi aqida - azob chekish to ’g ’risidagi aqida, Lamaizm ham
buddizm kabi Erdagi hayotni azob chekish deb hisoblaydi. Uning
sabablarini esa aslo yo’q qilib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Lamaistlar
faoliyatini amalga oshiradigan markazlar datsanlar b o ’lib, ularda lamalar
har kuni ibodat qiladiiar.
Hozirgi paytda Birmada 17-asrda qurilgan ibodatxona va 6 metrli
oltindan yasalgan budda haykali bulib, butun dunyo buddistlari shu
ibodatxonaga hajga boradilar. Buddaviylik ta’limotini tartibga solish
maqsadida 1971 yilda Birmada buddistlaming maxsus ibodatxonasida
Tripi-takaning turli taijimalari va Variantlarini taqqoslash natijasida
yagona matn ishlab chiqildi. Yangi matn mazmuni 729 marmar plitaga
tushirildi.
Bu
yozuvlar
saqlangan
ibodatxona
butun
dunyo
buddistlarining muqaddas va ziyoratgoh joyiga aylantirildi. Buddizm
ruhoniylari halqaro miqyosda buddizm mavqeini kuchaytirishga harakat
qilmoqdalar.
Shu
maqsadda
buddizmning
turli
tashkilotlarini
birlashtirmoqdalar, buddistlaming halqaro konferentsiyalari, s’ezdlarini
o ’tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha halqaro tashkilotlari mav-jud, shulardan
eng yirigi 1950 yilda tashkil topgan, jahon buddistlari qardoshlaridir.
Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Xususan, oxirat to’g ’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o ’lmasligi,
52
hayvonlami azoblash gunohligi, qon to ’kmaslik kabi ta’limotlar
buddaviylikdan keyingi dinlarga o ’tgan.
Jahon dinlaridan bin Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha
Xpiotoq - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso
Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil
davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylaming nasroniylik Iso
Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga
ishonishadi.
Masihiylar
uning
tarixiyligidan
shubhalanmaydilar.
Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e ’tiqod qiladi BMT
m a’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o ’sishi 1,4 % ni tashkil
etmoqda.
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin
dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800
millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm)
va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 m illion).) yo’nalish
va tarafdorlarga ega.
1054 yilda xristian cherkovi katolik va
pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin
ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik
cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi.
4
53
Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat
dini deb rasmiy ravishda e ’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan
olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:
1.Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum
xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik
urushlari va qo’zg’olonlar birin-ketin m ag’lubiyatga uchrab, ulardan
shafqatsiz o ’ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-m a’naviy
inqiroz paydo bo ’lgan. Qullar sinfidan bo’lgan Spartak etakchiligida
eramizdan aw alg i 73-71 yillarda Rimdagi qo’zg ’olon bostirilgach, 6
ming qul Rimga olib boradigan yo ’llar chetiga qurilgan xochlarga
mixlab tashlangan. O ’sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan.
Spartakning m ag’lubiyati, - degan edi tarixchi Shari Enten, - Isoning
g ’alabasi edi.
2. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to ’lib-toshgan Rim
quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi.
Qulchilik o ’m iga feodal tartiblar o ’m atila boshlandi. Quldorlar va
boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, m a’naviy
buzilish, ayshuishratga berilish o ’sib bordi.
3.R im davlati hududlarida yashayotgan turli urug’lar, qabilalar,
elat va xalqlar o ’z xudolariga, payg’ambarlariga, urf-odatlariga sig’inar
edilar. G ’oyaviy-mafkuraviy birlik bo ’lmaganligi ham Rim qudorlariga
xalq ustidan siyosiy va g ’oyaviy hukmronlik qilishni tobora
qiyinlashtirardi.
Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga k o ’ra xristianlik nisbatan
tezroq shakllanib bordi, u k o ’pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va
quyi katlamdagi kishilar orasida e ’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din
yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim b o ’lish yo’llarini ochib
berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlaming falsafiy-
ahloqiy
qarashlarining
xristianlik mafkurasini
ishlab
chiqishga
k o ’rsatgan ta’siriga alohida to ’xtalib o ’tish kerak.
Seneka (er.av. 4 yilda tug’ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot
etgan) o’z falsafasida moddiy boyliklar to’plash, noz-ne’matlarni
iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb
54
e ’lon qilib, ulardan voz kechishni targ’ib kiladi. U bu talabni jonni
qutqarib qolish yo’lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning
fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati
b o ’lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan aw algi 1 asming
oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini
yahudiy dini bilan q o ’shishga urinib, xudo bilan odamlar o ’rtasida
turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi.
Bu vositachi «Kaloni xudo» bo’lib, u kishilami to’g’ri yo’lga solib
yuborish va ulami hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun
tangrining erga yuborgan farzandidir.
Bibi Maryamning Isoga g ’oyibdan homilador bo ’lishi haqidagi
ta ’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo b o ’lgan. Masalan, Budda,
Suriya podshosi Sargos, M isr xudosi Gor va boshqalar g ’oyibona homila
natijasida tug’ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta ’sirida Bibi Maryamda
g ’oyibona homila paydo bo’lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tu g ’ilgan,
degan tasavvur vujudga kelganligiga hech shubha qilinmasa ham
b o ’ladi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham
kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo’iga oldilar. Ularda
klirlar, y a’ni episkop, pop, d ’yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta ’siri
kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan,
kambag’al kishilar, xususan, qullar ko’pchilikni tashkil etgan. Klirlar
rahbarligida o ’rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda
yashirin o ’tkaziladigan yig’ilishlarda g ’oyibdan samoviy haloskor
payg’ambarning kelayotgani to’g ’ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas
kitoblami o ’qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish
marosimlari, y a’ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o ’tkazib
kelingan.
Imperator Konstantin 313 yili xristianlaming ta’qib qilishni bekor
qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga
ko ’tardi.
325
yili
Konstantin
boshchiligida
Nikey
shahrida
xristianlaming 1-jahon yig’ilishi b o ’ldi. Y ig’ilish xristian dinining
qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo,
mukaddas ruh, o ’g ’il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili
55
xristianlarning Konstantinopolda b o ’lib o ’tgan 2-jahon yig’ilishida
cho’qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Injil rivoyatlariga ko’ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi
Vifleem shahrida yashaydigan yahudiy Y usuf (Iosif) farishta Jabroil
tomonidan «muqaddas ruh»dan uning xotini Bibi Maryam bo’lajak
payg’ambar Isoni tug’ishi haqida oldindan ogohlantirilgan. Maryam
oldiga muqaddas ruh keladi. Undan Iso tug’iladi. Isoni onasi Maryam
Vifleem shahri yaqinidagi g ’orda tug’adi.
Yahudiyaning podshosi Isoning tug’ilganidan xabardor bo ’lgan.
O ’sha vaqtdagi podsho Irod Vifleemda tug’ilgan barcha go’daklami
o ’ldirishga farmon bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta
Isoni, onasini va barcha Y usuf oilasini Iroddan yashirib Misrga yashirin
holda o ’tkazib yuborib qutqarib qoladi. Shundan keyin Isoni hech kim
k o ’rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina Iso xalqqa k o ’rinish
beradi. Shundan boshlab, Iso o ’z targ’ibotchilik faoliyatini boshlaydi. U
bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollami o ’z yoniga olib, ular bilan
birga yangi dinni targ’ib qilish uchun butun mamlakat bo’ylab safarga
chiqadi. Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskoming kelganligi
to ’g ’risida xabar tarqatadi. Iso va uning shogirdlari Iordan daryosi
yaqinida Ioann bilan uchrashib qoladilar. Ioann ulami Ioardan daryosi
suvida yuvintirib, cho’qintiradi. Ioann Isoni cho’qintirayotgan paytda
osmondan nido kelib: bu mening sevikli o’g ’lim, mening iltifotim ana
shunda, degan ovoz eshitilgan emish.
Iso hamma odamlar xudo oldida teng, deb e ’lon qilgan, lekin u
hokimlik huquqini xudo bergan bo’lib, Davlat hukmiga, mahalliy
hokimlar amriga bo ’sunish xudo amrini bajarishdir, degan.
Iso uch yil davomida targ’ibot olib borgan. Lekin Yahudiya hokimi
Pontiy Pilat Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e ’lon
qilgach, Isoning eng yaqin apostoli Iuda sotqinlik qilib, uni tutib bergan.
Pontiy Pilat va yahudiy ruhoniylari Quddus shahrida Isoni sud qilib
xochga mixlab o ’ldirishga hukm qilganlar. Hukm Golgofa tog’ida
qiynab o ’ldirish orqali ijro etilgan.
Shu tariqa o ’z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin m o”jiza
bilan qayta tirilgan, u yana 50 kun da’vat-targ’ibot olib borgach, otasi
56
xudo oldiga osmonga chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb
tasavvur qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |